UMS korporativ mijozlari qanday qulayliklarga ega?

  •   DiMaX
  •  3330
  •  16.11.2017 13:59

UMS korporativ mijozlari qanday qulayliklarga ega?

Yurtimizda faoliyat olib borayotgan uyali aloqa operatorlari yuridik shaxslar uchun korporativ tariflar bo‘yicha turli xizmatlar taqdim etishidan xabaringiz bor. UMS kompaniyasi o‘zining korporativ mijozlariga taqdim etiladigan qulayliklarni Facebook’dagi sahifasi orqali sanab o‘tdi.

UMS aloqa operatorining korporativ mijozlari oddiy abonentlarga nisbatan bir qator afzalliklarga ega. Kompaniya ulardan beshtasini keltirib o‘tadi:

  1. Korporativ tarif rejalarida taqdim etilayotgan Internet-trafik hajmi uch martagacha oshirilgan.
  2. Agar ushbu tarif rejalaridagi megabayt yoki daqiqalar tugab qolsa, arzon narxlashga imkon beruvchi «Cheksiz» xizmati ishga tushadi. Internet va qo‘ng‘iroqlar narxlari oddiy foydalangandan ko‘ra bir necha marta arzonroq bo‘ladi.
  3. Korporativ mijozlar kompaniya bilan «Qulay kelishuv» imzolashi va natijada korporativ tarif rejalari uchun 20% chegirmaga ega bo‘lishlari mumkin.
  4. Korporativ mijozlar mobil xizmatlarni boshqarishlari uchun korporativ Internet-yordamchi va maxsus *1110# USSD-portal joriy qilingan!
  5. Korporativ mijozlar call-markazning 0990 alohida xizmat ko‘rsatish raqami bo‘yicha qo‘ng‘iroq qilib, bir necha soniyalarda kompaniya bilan bog‘lanish mumkin.

O‘QING: UMS: Mijozlar hisobidagi mablag‘lar noo‘rin sarflanishi ularning e’tiborsizligi tufayli yuzaga keladi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!