UMS va Samsung aksiyasida yangi xushxabarlar bor!

  •   DiMaX
  •  4569
  •  30.03.2018 15:21

UMS va Samsung aksiyasida yangi xushxabarlar bor!

O‘zbekiston hududida xizmat ko‘rsatayotgan uyali aloqa operatorlari bu yilning bahorida mijozlarni yanada ko‘p xursand qilishmoqda. Xususan, Universal Mobile Systems yangi tariflari va turli aksiyalari bilan faollik ko‘rsatayotir.

O‘QING: Xushxabar: UMS endi birdaniga uchta yangi tarif rejasini ishga tushirdi!

Ushbu operator Samsung kompaniyasi bilan hamkorlikda yangi aksiya joriy etganligi – mazkur brend smartfonlaridan sotib olgan xaridorlarga sovg‘alar berilayotganligi haqida xabar bergan edik. Endi esa ushbu ikki kompaniyaning qo‘shma aksiyasida yoqimli o‘zgarishlar joriy etildi, deya xabar beriladi Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi UMS sahifasida.

Xabarga ko‘ra, endi yangi Samsung Galaxy S9 hamda Galaxy S9+ smartfonlarini xarid qilganlarga ham Universal Mobile Systems tomonidan bepul bonus – 6 oy davomida har oy 4500 MB (kunu tun) + 4500 MB (tungi) hajmida bepul internet-trafik taqdim etiladi!

O‘QING: UMS va Samsung aksiyasi: smartfon xarid qilib, sovg‘aga ega bo‘ling!

Aksiyada, shuningdek, quyidagi modellar ishtirok etmoqda:

Samsung Galaxy Note 8 sotib olganda – 6 oy davomida har oy 3500 MB (kunu tun) + 3500 MB (tungi) bonus;

Samsung Galaxy S8 hamda Galaxy S8+ xaridida – 6 oy davomida har oy 3000 MB (kunu tun) + 3000 MB (tungi) bonus;

 Samsung Galaxy A, J hamda S turkumlaridagi smartfonlar xaridida – 6 oy davomida har oy 500 MBdan 1000 MBgacha bonus taqdim etiladi.

Bonuslarni olish uchun beriladigan sertifikatlarni Samsung promo-shoxobchalaridan 30 aprel yakunigacha olish, UMS bonuslarini esa 31 may kuni yakunigacha ulash mumkin, deyiladi xabarda.

O‘QING: Galaxy S9 va boshqa Samsung smartfonlari narxlari (2018 yil 23 mart)