Umumta’lim maktab o‘quvchilariga mo‘ljallangan “English” dasturi yaratildi

Umumta’lim maktab o‘quvchilariga mo‘ljallangan “English” dasturi yaratildi

Umumta’lim maktab o‘quvchilariga mo‘ljallangan “English” dasturi quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil topgan: Personal Pronouns, Pos-sessive pronouns Form 1, Possessive pronouns Form 2, Possessive pronouns Form 3, Possessive pronouns Form 5, Indefinite pronouns, Relative pronouns, Object pronouns.

Ushbu dastur ingliz tili olmoshlarini o‘rgatuvchi dastur bo‘lib, bu dastur yordamida o‘quvchilar o‘zlarining o‘qish, yozish, tinglab-tushunish ko‘nikmalarini rivojlantiradilar.

Dastur so‘zlarni kiritish, rasmlarni tanlash, harflar va predmetlarni joylarini o‘zgartirish, gaplar ketma-ketligini tartibga solish, javoblarni tekshirish va to‘g‘ri javoblar bilan tanishib chiqish imkoniyatini beradi. Shu bilan birga, multimedia dasturida havolasi ko‘rsatilgan videolavhalarni ko‘rish imkoniyati bor, deb yozadi Uz24.uz.

Dastur muallifi Gulnoza Sobirovaga № DGU 03911 raqamli guvohnoma berildi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!