O‘n yadroli Doogee F7 Pro sotuvga chiqarildi

O‘n yadroli Doogee F7 Pro sotuvga chiqarildi

Kecha, 19-santyabr kuni Xitoyning Doogee kompaniyasi shu yilning mart oyida MWC-2016 ko‘rgazmasida namoyish etilgan Doogree F7 smartfonining sotuvlarini boshladi. F seriyasidagi mashhur F7 Pro o‘n yadroli MediaTek Helio X20 protsessorida ishlaydi, chipga energiyani tejash algoritmi tatbiq etilgan. Smartfonda, asosan, kameraga katta e’tibor qaratilgan. Unga  f/2,2 diafragmadagi fazali avtofokusga ega 21 MPli Sony IMX230 kamerasi o‘rnatilgan.

Garchi smartfon yirik – 5,7 dyuymli ekranga ega bo‘lsa-da, qalinligi 7 mm bo‘lgan egma korpus uning qulay ergonomikasini ta’minlay oladi. Qurilmaga o‘rnatilgan USB Type-C sloti tezkor zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Doogee F7 Pro oq va qora ranglarda ishlab chiqarilmoqda.

Doogee-F7-Pro

Model 4 GB tezkor va 32 GB doimiy xotiraga ega. Shuningdek, ikkita SIM-kartaga mo‘ljallangan slot va barmoq izi skaneri ham ko‘zda tutilgan. Doogee F7 Pro 4000 mA/st sig‘imdagi batareyadan quvvatlanadi.

      Doogee F7 Pro texnik parametrlari:

  • 5,7-dyuymli IPS-displey 1920×1080 piksel aniqligida;
  • o‘n yadroli Helio X20 MT6797 protsessori;
  • 32 GB doimiy xotira;
  • 4 GB tezkor xotira;
  • ikkita SIM-karta sloti (4G LTE);
  • 8-megapikselli old kamera;
  • 21-megapikselli asosiy kamera (SONY IMX230);
  • ko‘p funksiyali barmoq izi skaneri;
  • USB Type-C sloti;
  • Akkumulyator – 4 000 mA-/st;
  • Android 6.0 operatsion tizimi.