Milliarder Uorren Baffet'ning Twitter'dagi bor-yo‘g‘i 9 ta tviti

Milliarder Uorren Baffet'ning Twitter'dagi bor-yo‘g‘i 9 ta tviti

Uorren Baffet 1930 yilning 30 avgust kuni Amerikaning Nebraska shtatida tug‘ilgan. U 2008 yilda “jahoning eng boy kishisi” nomini qo‘lga kiritgan. Investitsiya bilan shug‘ullanuvchi Berkshire Hathaway kompaniyasi rahbarining hisobidagi mablag‘i 70 mlrd AQSh dollaridan ziyod.

Baffet yoshligidayoq pul jamg‘arishni boshlagan. U eshikma-eshik yurib saqich, Coca-Cola yoki haftalik jurnallarni sotish bilan shug‘ullangan. Bir qancha vaqt davomida bobosining baqqollik do‘konida ham ishlagan. Yuqori sinflarda o‘qib yurgan kezlarida gazetalar tarqatish, golf koptoklari, markalar sotish va mashinalarni tuzatish orqali ancha-muncha pul yig‘adi.

Ayni paytda sayyoramizning eng boy kishisi va yaqin tarixning eng faol sarmoyadori bo‘lgan Uorren Baffet 87 yoshga kirgan bo‘lsa ham, hozirgacha tinim bilmas va kamtarona hayot kechirishi bilan nom qozongan.

Twitter tarmog‘iga 2013 yilda kirib kelgan bo‘lsa-da, Uorren Baffet o‘zining 1.3 million nafar izdoshlariga bugunga qadar bor-yo‘g‘i 9 marotaba tvit qoldirgan. O‘zi esa bu tarmoqda hech kimni kuzatmaydi.

Milliarderning tvitlari orasida qiziqarli. Biz ular bilan tanishish uchun janob Baffetning turmush tarzi kabi kamtar tviter sahifasiga nazar tashladik.

Tadbirkor tarmoqqa qo‘shilgan ilk kun juda fol bo‘lgan va naq 2 ta tvit qoldirgan. Bunaqasi boshqa bo‘lmagan.

Birinchi tvitida Uorren Baffet o‘zining uyda ekanini e’lon qilgan bo‘lsa, ikkinchisida milliarder "Fortune" jurnalida ayollarning Amerika taraqqiyotidagi o‘rniga bag‘ishlangan suhbatini reklama qilgan.

Uchinchi tvitida sarmoyador Hillari Klintonni Twitter tarmog‘ida sahifaga ega bo‘lgani bilan qutlaydi. Hillari xonim ham u kabi tarmoqqa ancha kech a’zo bo‘lgan. "Salom, Hillari Klinton! O‘zim yaxshi ko‘rgan ayollarning birini tarmoqqa tashrifini olqishlashdan mamnunman!" deyiladi bu tvitda. Tvitdagi #45 heshtegi esa AQSh prezidentligi uchun 2016 yilgi saylovlarda Klinton ishtirok etishi kerakligiga ishora bo‘lgan. Shunday bo‘ldi ham!

Bir necha oy Tviterda ko‘rinmay ketgan Baffet sukutini ana shu tvit bilan buzgan. 2013 yilning sentyabrida 4-tvit qo‘yildi. Bu galgisi surat bilan! Postida milliarder mashhur teleserial qahramoniga monand ravishda aks etgan. "Hatto Oracle ham bir tunda nimalar sodir bo‘lishini bilmaydi", deb fikr qoldirgan u. O‘sha tunda mililarder birja savdolarida ancha-muncha mablag‘ini yo‘qotgan ko‘rinadi.

Shundan so‘ng Baffet tarmoqda biror fikr aytish o‘rniga o‘zini reklama qilishga kirishib ketadi. Misol uchun yuqoridagi tvitda ham Baffet o‘z aksiyadorlariga yo‘llagan maktubini havol qilgan. Bu maktubida u o‘z qarashlari, xato va yutuqlari haqida to‘xtalgan edi.

Tviterda bir yildan uzoq davom etgan sukutdan so‘ng Uorren Baffet tviti orqali jamoatchilikka 2.5 mlrd dollarlik Berkshire Hathaway kompaniyasini boshqarayotgan Meri Raynhartni tanishtiradi.


Keyingi tvit esa har qachongidan jiddiyroq va muhim.

Baffet pulga o‘ch odam emasdek. Uning kamtar uyini, fast-fud bilan tamaddi qilishini ko‘rib, bu odam faqat qog‘ozdagina boy-badavlat ekaniga ishonch hosil qilasiz. Biroq, insoniylik hamda vatanparvarlik uchun u o‘z davlatini ayab o‘tirmaydi.

"Yukning yengil bo‘lgani yaxshi. Daromad solig‘ini ko‘taring amerikaliklarni boyish yukidan xalos qiling!" deyiladi bu tvitda. Bu orqali milliarder oddiy aholining daromadini oshirish yo‘llarini ko‘rish zarurligini kinoyaviy tarzda bayon qilgan.

Baffet boshqa boylar kabi Tviterini yuritish uchun odam yollamagani sezilib turibdi. Aks holda, uning dono fikrlaridan Tviter foydalanuvchilari maksimal darajada bahramand bo‘lgan bo‘lar edilar.

8-tvitda Baffet Berkshire Hathaway holding kompaniyasi har yili tashkil qiladigan aksiyadorlar uchrashuvini internet orqali olib uzatilishini reklama qilgan.

Va, albatta boy bilan boy do‘st bo‘lishi mumkin. Keyingi tvit uning eng yaqin hamkori va do‘sti Bill Geytsga bag‘ishlandi. Ular birgalikda eng yaxshi suhbatdoshga aylanadilar. 2016 yilning iyulida Bill o‘z do‘sti bilan 25 yil oldin tushgan suratni e’lon qiladi. Baffet ham Tviterda bunga javob qaytaradi.

"25 yillik birgalikda o‘rganish hamda vaqtichog‘lik qilish va hokazolar. Do‘stlik uchun shular hisob".

Shu-shu bo‘ldi-yu, Uorren Baffet Twitter'da boshqa ko‘rinmadi. Buning sababini hech kim bilmaydi. Ehtimol, kalit so‘zni unutdi yoki qiziq biror mavzu yo‘q.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!