UZ domenidagi saytlar soni 29 mingtaga yetdi

UZ domenidagi saytlar soni 29 mingtaga yetdi

Joriy yil 9 oyi mobaynida UZ hududidagi milliy axborot resurslarining rivojlanish holati tahlil etilganda, domenlar soni 29 mingtaga yetib, o‘sish 123 foizni tashkil qilganligi aniqlandi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining 2016 yil 9 oyidagi faoliyati sarhisobiga bag‘ishlangan Hay’at majlisi davomida ma’lum qilindi.

Xabarlarga ko‘ra, bugungi kunda uMail.uz elektron pochta tizimi foydalanuvchilari soni 367 mingdan oshgan. Majlisda shu bilan birgalikda, joriy yilda ishga tushirilgan “Davra.uz” ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilari sonini ham oshirish zarurligi qayd etildi. Bu sayt Tas-IX hududida joylashganligi bilan qulaydir.

Majlisda raqamli televideniyega o‘tish ham bosqichma-bosqich amalga oshirilayotganligi ta’kidlandi. Xususan, joriy yil oxiriga qadar mamlakatimizda 10ta raqamli teleuzatkichlar o‘rnatiladi va raqamli televideniyega o‘tish ko‘rsatkichi 88 foizga yetishi ko‘zda tutilgan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.