«O‘zbekiston 24» kanalining ishga tushish sanasi ma’lum qilindi

«O‘zbekiston 24» kanalining ishga tushish sanasi ma’lum qilindi

MTRK tarkibida tashkil etilayotgan «O‘zbekiston 24» axborot-tahliliy teleradiokanali qachondan ish boshlashi ma’lum qilindi, deb xabar berdi«Darakchi.uz».

Yangi kanal dushanba, 24 iyuldan o‘z efirlarini uzata boshlaydi. Xuddi shu kuni «O‘zbekiston 24» radiokanali va www.Uzbekistan24.uz saytlari ham o‘z faoliyatini boshlaydi. Dastlab telekanal efirlari yozib olingan holda keyinchalik esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatilishi ko‘zda tutilgan.

Yangi radio va telekanal «Diyor» telekanali va «Toshkent» radiokanallarining chastotalarida efirga uzatiladi.

Ma’lum bo‘lishicha, «O‘zbekiston 24» teleradiokanalining shtat birligi 251 kishidan iborat.

Kanal SD va HD formatlarida raqamli efir ijtimoiy paketiga kiritiladi. Uning HD formatidagi translyasiyasi mamlakatda ushbu formatga to‘liq o‘tilgunga qadar parallel ravishda UzHD kanalida ham amalga oshiriladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!