O‘zbekistonda Galaxy S8 va S8+’ga BMBOX.com orqali avvaldan buyurtma berish boshlandi!

  •   DiMaX
  •  2523
  •  15.04.2017 16:09

O‘zbekistonda Galaxy S8 va S8+’ga BMBOX.com orqali avvaldan buyurtma berish boshlandi!

BMBOX.COM – xalqaro internet-do‘kon bo‘lib, O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan internet-do‘konlar orasida ishonchliligi, tezkorligi, arzon narxlar hamda sifatli tovarlari bilan ajralib turadi. Eng zamonaviy qurilmalar sotuvi ham birinchilardan bo‘lib  BMBOX.com’da boshlanadi.

Jumladan, Samsung kompaniyasining so‘nggi taqdim etgan flagmani dunyo bo‘yicha foydalanuvchilar tomonidan eng ko‘p kutilgan qurilmalardan biri bo‘ldi va oldindan buyurtma olish bo‘yicha rekord o‘rnatdi. Dastlab, Samsung ilk chorakda rekord darajada Galaxy S8 sotmoqchi ekani ma’lum qilingan edi. Chindan ham, bu flagmanga ikki kun ichida S7’ga nisbatan 5,5 barobar ko‘p buyurtma berildi. Ekspertlarning fikricha, Janubiy Koreyada yig‘ilayotgan Galaxy S8 smartfoniga buyurtma berish sur’ati shu taxlit davom etsa, 21 aprelga, ya’ni avvaldan buyurtma berish muddati tugagunigacha Koreyaning o‘zida 1 million dona Galaxy S8 mobil apparatiga buyurtma beriladi.

Endi O‘zbekistondagi foydalanuvchilar ham Samsung Galaxy S8 hamda S8+ modellariga oldindan buyurtma berishlari mumkin bo‘ldi. Vatandoshlarimizga bu imkoniyatni birinchilardan bo‘lib BMBOX.COM xalqaro internet-do‘koni taqdim etmoqda.

E’tiborli tomoni, mazkur market orqali avvaldan buyurtma bergan xaridorlar smartfon bilan birga quyidagi original sovg‘alarni ham qo‘lga kiritadilar:

  1. Alkantar g‘ilofi;
  2. PowerBank (fast charge – tezkor quvvatlash moslamasi);
  3. LEVEL U Pro Bluetooth quloqchini.

Shoshiling, sovg‘alar soni cheklangan! Yetkazib berish esa 1 maydan boshlanadi!

Buyurtma berish uchun mana bu manzilga o‘ting.

Ma’lumot uchun telefon: +998712006611

Telegram orqali bog‘lanish: @bmboxcom

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.