O‘zbekistonda Innovatsion markaz to‘g‘risida hujjat tayyorlanmoqda

  •   DiMaX
  •  938
  •  22.02.2017 15:34

O‘zbekistonda Innovatsion markaz to‘g‘risida hujjat tayyorlanmoqda

Yurtimizda «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari innovatsion markazi» erkin iqtisodiy zonasini yaratish uchun qonunchilik bazasini takomillashtirish jarayoni ketmoqda. Bu haqda Digital Report xabar berayotir.

Xabarga ko‘ra, AKT bozori mutaxassislari va ishtirokchilari frilanserlar va hududiy kompaniyalarning qiziqishlarini ham inobatga olishga, dasturiy mahsulot importi mexanizmlarini soddalashtirishga harakat qilishmoqda.

Erkin iqtisodiy zona maqomidagi Innovatsion markaz poytaxtimizdagi Akademiklar shaharchasida barpo etilishi rejalashtirilmoqda. U dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish sohasidagi mahalliy kompaniyalarni rivojlantirishga qaratilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan mamlakat Prezidentining mazkur masalaga bag‘ishlangan farmoni loyihasi ishlab chiqilgan. Mazkur loyiha regulation.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, muhokamaga qo‘yilgan. Unda soha mutaxassislari mavzu doirasida o‘z mulohazalarini bildirib kelishmoqda.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!