O‘zbekistonda internet xizmati narxi yana tushirildi

O‘zbekistonda internet xizmati narxi yana tushirildi

O‘zbekistonda 2017 yilning 19 mayidan boshlab provayderlar uchun internet-xizmatlariga tariflar 1 Mbit/s uchun (tashqi kanalda) 67,63 dollarga tushirildi. Bu haqda “O‘zbektelekom” AJga asoslanib, Sof.uz xabar qilmoqda.

O‘zbekistonda provayderlar uchun internet xizmati narxi o‘tgan besh oy davomida o‘n birinchi bor arzonlashdi.

Tariflar 2017 yil 1 yanvardan 1 Mbit/s uchun $91,07, 6 yanvardan $87,57, 10 yanvardan $86,85, 2 fevraldan $86,11, 16 fevraldan $80,94, 3 martdan $76,61, 30 martdan $76,48, 4 apreldan $75,80, 6 apreldan $71,68, 21 apreldan $67,85ga tushirilgandi.

Eslatib o‘tamiz, 2016 yilda tariflar o‘n ikki marta arzonlashgan. 2016 yil yanvar oyidan dekabr oyigacha narxlar 1 Mbit/s uchun $156,24dan $91,50gacha tushirilgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!