O‘zbekistonda mobil aloqa abonentlari soni 27 million nafarga yetadi

O‘zbekistonda mobil aloqa abonentlari soni 27 million nafarga yetadi

O‘zbekiston hukumati tomonidan tasdiqlangan 2016-2020 yillarda telekommunikatsiya sohasi xizmatlarini rivojlantirishga oid dasturga muvofiq, 2020 yilga qadar mamlakatda mobil aloqa foydalanuvchilari sonining 27 million nafarga o‘sishi kutilmoqda.

Bu to‘g‘rida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining nashri «infoCOM.UZ» xabar bermoqda.

Dasturda mazkur o‘sish ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlarida yangi aloqa baza stansiyalarini qurish bo‘yicha vazifalarning amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Xususan, 2020 yilga qadar kompaniyalar, jumladan UzMobile 3,68 mingta, Ucell 969 ta, shuningdek Beeline 1226 ta, jami 5200 dan ziyod yangi baza stansiyalarini ishga tushiradilar.

2020 yilga qadar mamlakat bo‘ylab yana 10,3 ming kilometrli optik aloqa liniyalarini yotqizish, jamoat joylari, mehmonxona, aeroport, vokzal va tarixiy joylarda Wi-Fi hududlarini tashkil etish rejalashtirilgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!