O‘zbekistondagi startaplar uchun bepul xosting

O‘zbekistondagi startaplar uchun bepul xosting

Foto: “Startupfactory.uz”

Foto: «Startupfactory.uz»

Microsoft BizSpark dasturi doirasida sizda 27 ming dollargacha bo‘lgan mablag‘ni Microsoft Azure bulutli xostingi ko‘rinishida bepul qo‘lga kiritish imkoniyati mavjud.

Ha, xosting unchalik qimmat turmaydi, biroq nima bo‘lganda ham bu yosh tadbirkor uchun ko‘makdir.Agar startapingiz allaqachon ishga tushirilgan va sizga xosting zarur bo‘lsa — ariza bering, biz o‘z bepul bulutli xostingini qo‘lga kiritgan bir nechta mahalliy loyihalarni bilamiz.

Bor-yo‘g‘i ikkita oddiy qadamni amalga oshirishingiz kerak bo‘ladi:

  1. O‘z loyihangiz bo‘yicha ariza to‘ldiring
  2. Qisqacha ma’lumot berib o‘ting

Arizalar quyidagi manzil bo‘yicha qabul qilinadi: http://special.habrahabr.ru/hello_startup/bizspark/

Qo‘shimcha ravishda mahsulotlar dizayni, ishlab chiqilishi va sinovdan o‘tkazilishi bo‘yicha bepul litsenziyali dasturni hamda ekspert ko‘magi va mentorlik maslahatlarini qo‘lga kiritishingiz mumkin.

Ishtirok etish shartlari:

  • Loyihangiz o‘zingizniki bo‘lishi kerak (mijoz uchun buyurtma bo‘yicha ishlab chiqilmagan bo‘lishi kerak);
  • Kompaniya xususiy bo‘lishi kerak (kompaniya yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi shart emas, siz xususiy shaxs sifatida qatnashishingiz mumkin);
  • Loyihangiz tashkil etilganiga 5 yildan oshmagan bo‘lishi kerak.

Loyiha «Daryo» va StartupFactory.uz tomonidan ishga tushirilgan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!