O‘zbekistonlik jamoa “Evrosiyo mobil kubogi” g‘olibi sifatida jahon birinchiligiga yo‘l olmoqda

O‘zbekistonlik jamoa “Evrosiyo mobil kubogi” g‘olibi sifatida jahon birinchiligiga yo‘l olmoqda

“Evrosiyo mobil kubogi” (Eurasia Mobile Challenge) tanlovi g‘oliblari e’lon qilindi. Dasturda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan 550 dan ziyod yosh tadbirkorlar guruhlaridan 28 yanvar kuni Moskvada bo‘ib o‘tgan finalda hakamlar uch guruhni tanlab olishdi.

G‘olib guruhlar:

Uchinchi o‘rinni O‘zbekistonlik startap jamoa – Stolik egalladi. U Restoranda stolga buyurtma berish uchun bepul ilova hisoblanadi.

Ikkinchi o‘rin – Qozog‘istonlik MDIRECT jamoasi. Ularning ilovalari avtomobil ehtiyot qismlarini bevosita ishlab chiqaruvchining o‘zidan tez topish imkonini beradi. Birinchi o‘rinni Qirg‘izistonlik ArtAsian jamoasi egalladi. Bu platforma orqali Markaziy Osiyodagi ustalar hunarmandchilik mahsulotlarini sota olishlari mumkin. Loyihaning maqsadi – ingliz tilida gaplashuvchi foydalanuvchilarni O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistonning madaniy an’analariga e’tiborini jalb etishdir.

Kechagi yakuniy hududiy bosqichdan so‘ng ushbu uch jamoa 2016 yilning 22-26 fevral kunlari Barselonada bo‘lib o‘tadigan Halqaro mobil aloqa kongressi doirasida Yevrosiyoni taqdim etadilar.

Make Your Mark (“O‘z izingni qoldir”) nomli Vimpelom‘ning global loyihasi doirasida o‘tkazilayotgan Eurasia Mobile Challenge sentyabr oyida ishga tushirilgan edi. Tanlov hamkori – Huawei Technologies Co. Ltd.

Tanlov doirasida yosh tadbirkorlar oldida mobil sohasidagi yechimni yaratish va uni hakamlarga quyidagi yo‘nalishlarda taqdim etish sharti qo‘yilgan:

“O‘yin-kulgu va madaniyat”, “Ekologiya”, “Ijtimoiy soha” yoki “Boshqa yo‘nalish”.

Innovatsionligi, mahalliy aholi uchun muhimligi, shuningdek, respublika va halqaro investorlar uchun biznes-modelning o‘ziga xosligi tanlov uchun asosiy mezon qilib olingan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.