O‘zbekistonning Stolik startapi Global Mobile Challenge tanlovida ishtirok etadi

O‘zbekistonning Stolik startapi Global Mobile Challenge tanlovida ishtirok etadi

Eurasia Mobile Challenge mintaqaviy tanlovida uchlikka kirib sovrindor bo‘lgan startap Barselonada jahon birinchiligi uchun kurashadi.

Global Mobile Challenge mobil ilovalar segmentining nufuzli tanlovi sanaladi. Ushbu yilda 19 jamoani o‘z ichiga olgan. GMC doirasida Jazoir, Daniya, Misr, Keniya, Kolumbiya, Meksika, Nigeriya, Niderlandiya, Falastin, Singapur, Filippin, Fransiya, JAR, Yaponiya, Qozog‘iston, Qatar, Quvayt, Qirg‘iziston va O‘zbekistonlik startapchilar kuch sinashadi.

Stolik startapining o‘zi nima? Shu nomdagi mobil ilova ishlab chiqilgan bo‘lib, uning yordamida restorandan joyni avvaldan band qilib qo‘yish mumkin.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!