Uzmobile birinchi bo‘lib o‘z mijozlarini "mobil tobelik"dan ozod qiladi

Uzmobile birinchi bo‘lib o‘z mijozlarini

Ushbu yil oxiriga qadar Uzmobile o‘z mijozlariga o‘z telefon nomerini  saqlab qolgan holda boshqa operatorga o‘tish imkonini (MNP xizmati) bermoqchi. Bu haqida "O‘zbektelekom" direktori Shuhrat Qodirov jurnalistlarga xabar qildi.

Uning so‘zlariga qaraganda ushbu xizmat ikki bosqichda taklif qilinadi. Boshida u faqat Uzmobile abonentlari orasida aloqaning CDMA turidan GSM turiga o‘tganda amal qiladi.

Ikkinchi bosqichda esa, abonentlarga o‘z telefon nomeri bilan boshqa operatorlarga o‘tish imkoni beriladi. Lekin buning uchun O‘zbekistondagi boshqa uyali aloqa operatorlari ham MNP xizmatini tadbiq qilgan bo‘lishi kerak. Xabarga ko‘ra bu yil oxirigacha yuz berishi kerak.

"Biz aslida sinov o‘tkazmoqdamiz va texnik jihatdan buni qanday amalga oshirishni bilamiz. Uzmobile kompaniyasida tarmoqning ikki xil turi bor:: CDMA va GSM. Xizmat avval ushbu ikki tarmoq orasida amal qiladi. Keyin Uzmobile tarmoqlari qamrovini boshqa operatorlar darajasiga yetkizish kerak bo‘ladi. Bozorda hamma operatorlar qamrovi bir xil bo‘lishi uchun. Undan keyin esa ushbu xizmat hamma operatorlarda tadbiq qilinadi", — dedi Qodirov.

Eslatib o‘tamiz bugungi kunda O‘zbekiston uyali aloqa bozori eng tez rivojlanayotgan bozorlardan biri hisoblanadi. Abaonentlar soni 21,4 milliondan oshgan. Mamlakatda 4ta uyali aloqa operatori xizmat ko‘rsatmoqda: Beeline, Ucell, UMS va Uzmobile. Ular orasida yetakchi Beeline — 9,5 million abonetga ega. Uzmobile yaqin besh yil ichida o‘z abonentlar sonini 11 millionga yetkizishni rejalashtirgan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.