“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ chiptalarni onlayn sotib olish uchun mobil ilovani ishga tushirdi

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ chiptalarni onlayn sotib olish uchun mobil ilovani ishga tushirdi

«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» aksiyadorlik jamiyati o‘z mijozlari uchun Android va iOS operatsion tizimining platformasi asosida mobil ilovalarni ishlab chiqdi. Mazkur mobil ilova 23 fevraldan ishga tushiriladi.

Dastur orqali temir yo‘l chiptalarini onlayn xarid qilish mumkin. Ushbu ilova foydalanuvchilarga poyezdlar jadvalidagi o‘zgarishlar haqidagi ma’lumotlarni, shuningdek temir yo‘l transporti sohasidagi yangiliklar bilan tanishish imkoniyatini ham beradi.

Temir yo‘l chiptalarini sotib olish jarayonida «UzCard» tizimi to‘lov mexanizmi sifatida qo‘llaniladi.

Joriy qilinayotgan innovatsion yangilik sezilarli darajada yo‘lovchilarga qulaylik va xizmat sifatini oshirishiga umid qilamiz, deyiladi AJ axborot xizmati xabarida.

Mobil ilova Android va iOS qurilmalari uchun mo‘ljallangan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!