VIDEO: Porsche avtomobili rulida – Mate 10 Pro smartfoni!

  •   DiMaX
  •  1104
  •  24.02.2018 14:34

VIDEO: Porsche avtomobili rulida – Mate 10 Pro smartfoni!

Mate 10 Pro – xitoylik yetakchi smartfonsoz Huawei’ning flagman smartfoni bo‘lib, 2017 yilning kuzida namoyish etilgan edi. Uning asosiy o‘ziga xosliklaridan biri – «sun’iy idrok» tizimiga ega bo‘lgan Kirin 970 protsessoridir.

O‘QING: Huawei "sun’iy ong"li Mate 10 flagmanlarini taqdim qildi

Huawei kompaniyasi kuni kecha maxsus tajriba o‘tkazib, Mate 10 Pro smartfonini Porsche avtomobilining haydovchisi sifatida sinab ko‘rdi. Xitoylik smartfonsoz bu bilan o‘z ishlanmasi bo‘lmish flagman smartfoni hamda uning «sun’iy ong»li protsessori imkoniyatlarini namoyish etishni nazarda tutgan.

Xullasi kalom, tajribada qimmatbaho Porsche Panamera avtomobilining boshqaruvini haydovchi sifatidagi Mate 10 Pro smartfoniga topshirishdi. U o‘z kamerasi orqali yo‘lni «ko‘rib», mashinaga tegishli buyruqlar berib, rulni boshqarib bordi. Avtomobilning yo‘liga tirik itni qo‘yib qo‘yishdi; Kirin 970 uni o‘z vaqtida «payqab qolishi», to‘qnashuvning oldini olishi kerak edi.

Mana, tajriba aks ettirilgan videolavhani tomosha qilamiz:

Guvohi bo‘lganingizdek, «haydovchi» Mate 10 Pro o‘zining «sun’iy aql»li protsessori sharofati bilan yo‘ldagi itni o‘z vaqtida «ko‘rib qoldi» va uni aylanib o‘tdi.

Huawei muhandislarining ta’kidlashlaricha, bu – hali smartfonlar taraqqiyotidagi birinchi qadamlardir. Kelajakda ularning imkoniyatlari yanada kengaytiriladi. Bunga ishonsa bo‘ladi, zero, xitoylik smartfonsoz «sun’iy idrok»li Kirin 970 taqdimotidan avval: «Mate 10 – bu shunchaki smartfon emas, balki ongli mashinadir», degani o‘z isbotini topmoqda.

O‘QING: Huawei maqtandi: «Bu sizga smartfon emas!» (+video)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!