Virtual qabulxonaga eng ko‘p murojaatlarni Toshkent shahri aholisi yubormoqda

Virtual qabulxonaga eng ko‘p murojaatlarni Toshkent shahri aholisi yubormoqda

Bir muddat ilgari xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining virtual qabulxonasiga kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha statistik ma’lumotlarni kuzatib borish imkoniyati joriy etildi. Portalda murojaatlar statistikasi bo‘yicha qisqa ma’lumot taqdim etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyevning virtual qabulxonasi 2016 yil 24 sentyabrdan faoliyat yuritmoqda. O‘tgan ikki oy mobaynida virtual qabulxonaga 217 mingga yaqin murojaatlar kelib tushdi va ularning 135 mingdan ziyodi ko‘rib chiqildi, nafaqat ko‘rib chiqildi, balki murojaatchini qiynayotgan savollarga javob berildi yoki mavjud muammolar hal qilindi.

Eng ko‘p murojaatlar Toshkent shahri aholisi tomonidan yuborilmoqda. Bu qisman Internet foydalanuvchilarining ham eng katta qismi aynan Toshkent shahriga to‘g‘ri kelishi bilan ham bog‘liq.

Eng ko‘p murojaatlar quyidagi davlat idoralariga ijroga yuborilgan va ijrosi ustidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan nazorat o‘rnatilgan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!