Virtual skanerga ega ilk smartfon rasman taqdim qilindi

Virtual skanerga ega ilk smartfon rasman taqdim qilindi

Vivo jahon smartfonsozlari orasida birinchi bo‘lib, 24 yanvarda virtual skaneri displey ostida jyolashgan smartfon -- Vivo X20 Plus UD devaysini taqdim qildi.

Vivo X20 Plus UD devaysi 6.43 dyuymli, 2160x1080 pikselli OLED displeyga ega bo‘lgan. Gadjet ekrani tomonlarining nisbati 18:9 standartli. Bu displeyning ostki qismida o‘rnatilgan Synaptics skaneri smartfonni barmoq qo‘yilganidan so‘ng 0,6-0,7 sekund ichida blokirovkadan chiqaradi. Bu muddat aksariyat smartfonlarga o‘rnatilgan an’anaviy barmoq izi skaneridan bir oz uzog‘roq. Ya’ni, hozirgi skanerlar o‘rtacha 0,1-0,2 sekund ichida gadjetlar tizimini ochadi.

Mobil telefonning platforma samaradorligi uchun 2.2 Ggs chastota tezligiga ega 8 yadroli Snapdragon 660 protsessori, 4 gigabaytli operativ xotira hamda 128 Gb sig‘imli doimiy xotira o‘rnatilgan. Ovoz sifati uchun ESS Sabre ES9318 audiochipi mas’ul bo‘lgan. Shuningdek, X12 LTE modemi smartfonga sekundiga 600 Mbit hajmidagi ma’lumotni uzatish imkonini beradi. "Aqlli telefon" qadoqdayoq Android Nougat 7.1.2 operatsion tizimiga ega bo‘lgan.

Vivo X20 Plus UD devaysining akkumulyator sig‘imi 3 905 mA soat. Bosh kamera qo‘sh: 12 megapikselli bosh modul aperturasi f/1,8 va qo‘shimcha 5 Mp aniqlikdagi kamera moduli mavjud. Old kamera 12 megapikselli va f/2,0 diafragmaga ega bo‘lgan.

Yana shuni qayd etish kerakki, bu devays o‘lchamlari oddiy Vivo X20 Plus talqinidan farq qiladi: X20 Plus UD o‘lchamlari -- 165,2 x 80,02 x 7,35 mm hamda vazni 183,1 gramm, X20 Plus — 165,3 x 80,1 x 7,5 mm va 181,5 gramm tosh bosadi.

Smartfon Bluetooth, USB porti, 4G aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydigan modullarga ega. Vivo X20 Plus UD 1 fevraldan 565 dollardan sotuvga chiqadi. Bu yil 70 million dona shunday smartfon sotish reja qilingan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!