Visteon avtomobillar uchun egiluvchan OLED displey yaratdi

Visteon avtomobillar uchun egiluvchan OLED displey yaratdi

Avtomobillar uchun elektronika gadjetlarini ishlab chiqaradigan Visteon kompaniyasi CES 2017 ko‘rgazmasida egiluvchan OLED displeylarni namoyish qildi.

Bunday OLED displeylarning an’anaviy LCD ekranlardan farqi shundaki, ular elastik xususiyatga bo‘lgani bois salon intereriga turli formatda mos keladi. Shu bilan birga, OLED displeylar boshqa matritsalarga qaraganda ancha yupqa bo‘ladi, u predmetlarni turli namoyish burchagi ostida ko‘rsatish imkoniyatiga ega.

Biroq, mutaxassislarning qayd etishicha, OLED ekranlarni avtomobil saloniga qo‘llashga bir qator muammolar to‘sqinlik qilishi mumkin. Shulardaan biri uning tez eskirishidir (organik bo‘lgani uchun). Shuningdek, unga ulanadigan ekranlarni ham egiluvchan qilishda ba’zi texnik muammolar ham yo‘q emas.

Manba: CNET

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.