vivo iQOO 3 xususiyatlari e’lon qilindi

vivo iQOO 3 xususiyatlari e’lon qilindi

Xitoy texnogiganti vivo iQOO'ning subbrendi yaratilganidan so‘ng, u dunyoga narxlari va ishlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha ajoyib smartfonlarni namoyish eta boshladi. Aftidan, iQOO 3 ham xuddi shu prinsip asosida ishlaydi.

Avvalroq, iQOO mahsulotlari bo‘yicha menejer Ge Lan xitoylik smartfonsozning yangi qurilmasi nafaqat Qualcomm Snapdragon 865 flagman platformasi bilan jihozlanishi, balki UFS 3.1 drayveri va hozirgi vaqtda eng kuchli konfiguratsiyani beruvchi LPDDR5 tipidagi operativ xotira bilan maqtana olishini ta’kidlagandi.

Bugun, iQOO 3'ning barcha xususiyatlarini jamlagan jadval tarmoqda tarqaldi. Shunday qilib, uning narxni bilish qoladi xolos, u juda arzon bo‘lishi mumkin.Jadvaldagi ma’lumotlarga ko‘ra, displey 6,44 dyuymli, o‘lchamlari esa 2400 x 1080. Qurilmaning o‘lchamlari 158,51 x 75,88 x 9,16 mm va og‘irligi 214,5 grammni tashkil qiladi.

Jadval ma’lumotlari smartfon eng kuchli SD865 protsessorida ishlashini, shuningdek, LPDDR5 tipidagi 12GB tezkor va 256GB, ultra tezkor ichki UFS 3.1 xotirasiga ega ekanligini tasdiqlaydi.

Kamera asosiy blogi tarkibiga 64 megapikselli asosiy modul, 13 megapikselli ultrakeng, 13 megapikselli telefoto va chuqurlikni aniqlaydigan 2 megapikselli sensor kiradi. Old tomonda esa 16 megapikselli selfi kamerani ko‘rishingiz mumkin.

Va nihoyat, vivo subbrendining flagman smartfoni 4410 mA/soat akkumulyator bilan jihozlangan va 55 vatt tezkor zaryadlagichni o‘z ichiga oladi.

Sotuv boshlanish sanasiga kelsak, ushbu oyning boshida qurilma rasmiy ravishda e’lon qilinishi mumkin. Xitoyda mavjud vaziyatni hisobga olgan holda, iQOO onlayn do‘konga taqdimotsiz chiqarilishi ehtimoli ko‘proq. Xitoylik insayderlarning aytishiga qaraganda, smartfon narxi 2020 yilda Snapdragon 865 platformasidagi eng pastlaridan biri bo‘lishi mumkin.

O‘QING: «Sharshara ekranli» Vivo Nex 3 5G taqdimoti uchun antiqa joy tanlandi! (+«jonli» video va suratlar)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!