Vivo skanerli ekranga ega ilk smartfonni taqdim qildi

Vivo skanerli ekranga ega ilk smartfonni taqdim qildi

So‘nggi yillarda bu texnologiya haqida tinimsiz yozildi, uning taqdimoti nomdor brendlarning smartfonlarida kutildi. Nomi chiqmagan Vivo kompaniyasi esa birinchilardan bo‘lib bunday devayslar ishlab chiqarishini ma’lum qildi. Nihoyat, AQSh da o‘tayotgan xalqaro ko‘rgazma doirasida, kecha barmoq izi skaneri ekranidan o‘rin egallagan jahondagi ilk smartfon taqdim qilindi. Clear ID FS9500 deb nom olgan datchik Synaptics kompaniyasi tomonidan yaratilgan.

Vivo hozircha bu smartfon nomini ma’lum qilmagan. Press-relizda yozilishicha, barmoq izi sensori tekshiruvni 0,7 sekundda amalga oshiradi. Ayni paytda esa smartfonlardagi an’aanviy datchiklar uchun 0,2 sekund kerak bo‘ladi. Garchi, o‘rtadagi vaqt tafovuti 3,5 barobar bo‘lsa ham, amalda foydalanuvchi uchun bu oraliq sezilmaydi.

Vivo smartfoni ekranidagi biometrik datchik o‘z ishini bajarishi uchun barmoqni ekrandagi muayyan joyga qo‘yish, displeyni barmoq bilan sekin bosish kerak bo‘ladi. Identifikatsiya muvaffaqiyatli o‘tishi uchun ekranning odatdagidan qattiqroq bosish kerak.

CES 2018 ko‘rgazmasi doirasi kompaniya bu smartfon namunasi emasligi, uni yaqin orada taqdim etishi va ommaviy ishlab chiqarishini ma’lum qilgan.

2018 yilda barmoq skaneri virtual ko‘rinishda ekrandan o‘rin egallagan bir necha o‘nlab smartfonlarning taqdim qilinishi kutilmoqda. Ularning barchasida AMOLED-ekran o‘rnatiladi. Boisi, boshqa matritsalar bu texnologiyani qo‘llab-quvvatlamaydi. Clear ID FS9500 skaneri faqatgina organik OLED-displeylarga mo‘ljallangan. Bu degani bu yildan boshlab ko‘pchilik odatdagi IPS-matritsalardan voz kecha boshlaydilar.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!