VIVO V9: 24 MPlik old kamerali smartfon haqida ilk ma’lumotlar va «jonli» rasmlar!

  •   DiMaX
  •  2988
  •  07.03.2018 14:08

VIVO V9: 24 MPlik old kamerali smartfon haqida ilk ma’lumotlar va «jonli» rasmlar!

VIVO kompaniyasi keyingi paytlarda o‘zining ilg‘or texnologiyalarga ega bir qator smartfonlari bilan ko‘zga tashlanmoqda. Bu texnologiyalardan ayrimlarini hatto yetakchi smartfonsozlar ham uddalay olishmagan.

O‘QING: Vivo tag‘in oldinda: old kamerasi yuqoridan chiquvchi, skaner va dinamigi romsiz ekranga joylangan ilk smartfon! (+video va fotolar)

Kuni kecha esa internet kengliklarida uning yangi – hali namoyish etilmagan VIVO V9 rusumli smartfonining poster surati tarqalib ketdi. Shu bilan birga, insayderlar allaqachon bu qurilmaning «jonli» suratlarini ham e’lon qilishgan.

Xabarlarga ko‘ra, ushbu model VIVO V7 hamda V7+ smartfonlarining davomchisi bo‘ladi, chunki ishlab chiqaruvchi ularning nomlanishida sakkiz raqamini «tashlab ketgan».

Qisqa qilib aytganda, VIVO V9 zamonaviy trendlarga ergashgan holda tayyorlangan smartfonning tipik misolidir. Uning ekrani tepasidagi «kemtik»da old kamera, so‘zlashuv dinamigi hamda yaqinlashuv datchigi o‘rin olgan. Plakatda yozilishicha, smartfonning selfi-kamerasi naq 24 megapikselli sensorga ega!

O‘QING: Vivo yana yetakchi smartfonsozlarni dog‘da qoldirdi!

Yana «sizib chiqqan» xabarlarga ko‘ra, bu qurilmaning ekrani FullHD+ formatiga ega, lekin bu ma’lumot hozircha rasman tasdiqlangan emas. Shuningdek, VIVO V9 modeliga Qualcomm Snapdragon 660 protsessori qo‘yilishi kutilmoqda. Demak, uning tezkor xotirasi 3/4 gigabayt, doimiy xotirasi esa 32/64 gigabayt bo‘lishi ehtimoli yuqori.

Agarda fotosuratlarda aks etgan smartfon chindan ham shu VIVO V9 bo‘lsa, unda kompaniya barmoq izi datchigini joylash bo‘yicha «orqaga qadam qo‘ygan», deyish mumkin. Zero, ushbu qurilmada daktiloskopik modul korpusning orqa paneliga ko‘chirilgan; kompaniyaning bundan oldingi so‘nggi modellarida esa ushbu sensor displeyning o‘ziga integratsiya qilingan edi.

O‘QING: Xitoyda Snapdragon 845'ga ega ilk smartfon taqdim qilindi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!