“VKontakte”da eng mashhur xeshteglar o‘nligi paydo bo‘ldi

“VKontakte”da eng mashhur xeshteglar o‘nligi paydo bo‘ldi

Rossiyaning eng yirik ijtimoiy tarmog‘i “Vkontakte”ga “Dolzarb mavzular” bo‘limi qo‘shildi, unda eng mashhur xeshteglar o‘nligi berib boriladi. Bu xeshteglar ijtimoiy tarmoqda omma diqqatini eng ko‘p tortgan mavzularni, foydalanuvchilarning munosabat-e’tibori va kayfiyatini ko‘rsatadi.

Hozirda ushbu funksiya faqat Rossiya Federatsiyasi foydalanuvchilari uchun amal qilmoqda, biroq ma’lum vaqt o‘tgach, qolgan davlatlar fuqarolari uchun ham bu xizmat kuchga kiradi.

“VKontakte” ijtimoiy tarmog‘i 2006 yilda Rossiyada ishga tushirilgan bo‘lib, hozirda kunlik auditoriyasi 60-70 mln a’zoni tashkil etadi. Jahonning ko‘plab davlatlarida 70dan oshiq tilda yuritiladi.