VKworld T3 – jahondagi eng baland tovushli telefon

VKworld T3 – jahondagi eng baland tovushli telefon

VKworld kompaniyasi dunyoda analoglari bo‘lmagan T3 smartfonini namoyish qildi. Telefonga sezilarli darajada katta dinamik o‘rnatilgan. Dinamikning o‘lchamlari – 25x35 mm, tovush balandligi bo‘yicha smartfon boshqa qurilmalarni changida qoldirib ketadi. Uning ovoz balandligi 146,1 dB. iPhone 6S’dan (78,1 dB) bu deyarli ikki baravar yuqori.

22Txx6a96QSlZz2Vnw8TcSsz0Mb8sUdJdou6mGxQSnbcyUoiz0rCz0OjyV3j5vDqPhW8QtuVF6yR6vODhmQurGLz04QxFDFz2ez1pQz2aDyvEz2vAJxwKz15cqOz0E66FGiE344C5B12K2HnwnWJAylYm5x0vDEF2bjz09kz05bbdmw2PQx1jz16MqsC

Baland tovushdan tashqari smartfon baslarni ham yaxshi chiqaradi, go‘yo uning ichida sabvufer borday. Shunday bo‘lsa-da bundan telefon qalinlashib ketmagan (8,7 mm).

VKworld T3 korpusi 35 ta turli sinov bosqichlaridan o‘tkaziladigan metall rama bilan kuchaytirilgan. Telefonning orqa tarafidagi qopqoq teksturali yuzaga ega bo‘lib, unda barmoq izlari qolmaydi, apparat qo‘ldan tushib ketmaydi. Multimedia dinamigi qopqoqning quyi qismidagi perforatsiya ostiga joylangan.

22TxXhGJDXHAz2l18h8z2uGJUz0kZ8gWDlKiG8NjfgAcfI3QFEZAtwFDVUrEW1jbTT

Smartfonga 5-dyuymli, IPS matritsadagi HD displey o‘rnatilgan. Ekran ostiga uchta sensorli boshqaruv tugmalari joylangan, yuqorida esa indikator va old kamerani ko‘rish mumkin

Tezkor xotira – 2 GB, doimiy xotiraning hajmi – 16 GB.  Asosiy kamera – 8 MP, old kamera – 2 MP. Akkumulyatorning sig‘imi – 2500 mA/soat.

22TxXhGJDXHAz2l18Gdku7rJFz06z2eoNF6kMLz0BCz10f3BvuQCm4S0O0cHDe615siz2kZIb

Telefon narxi haqida hozircha ma’lumot berilmagan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!