WhatsApp iOS uchun matnli statuslarni qayta tikladi

WhatsApp iOS uchun matnli statuslarni qayta tikladi

Joriy yilning fevralida WhatsApp messenjeridan foydalanuvchining ishda, o‘qishda, maktabda, kinoteatrda yoki boshqa ish bilan mashg‘ulligi haqida ma’lumot beruvchi matnli statuslar olib tashlanib, ular o‘rniga foto, video va animatsion suratlar qo‘yish funksiyasi tatbiq qilingan edi. Ammo, xizmat ishlab chiqaruvchilarining bu qarori ko‘pchilik foydalanuvchilarning noroziligiga sabab bo‘lgan edi. Shu sababli, ilovaning yangi talqinida iOS foydalanuvchilari uchun matnli statuslar qoldirish imkoniyati yana paydo bo‘ldi.

Endi iPhone foydalanuvchilari WhatsApp tarmog‘idagi profillarida qayerda va nima bilan bandliklarini bildirib turadigan matni statuslarni qoldirishlari mumkin. Foydalanuvchi aloqalar ro‘yxatidagi boshqa foydalanuvchilarning uning statusini o‘qish-o‘qimasligini profil sozlamalari orqali nazoratga olishi mumkin. Ushbu funksiya tez orada android qurilmalariga ham qaytarilishi ma’lum qilingan.

iOS foydalanuvchilari WhatsApp ilovasini ushbu manzildan yuklab olishlari mumkin.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.