WMC-2017: Google Assistant — eng ilg‘or texnologiya

WMC-2017: Google Assistant — eng ilg‘or texnologiya

Texnologiya va elektronika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining so‘nggi yutuqlari namoyish etiladigan Jahon Mobil Kongressi Barselonada qizg‘in davom etmoqda. Ayniqsa, joriy yilda yangi Android tizimidagi innovatsiyalar ko‘pchilikning diqqatini tortgan. Bularning oltitasi to‘g‘risida sizga ketma-ketlikda hikoya qilamiz.

Google Assistant virtual yordamchisi

Tasasvvur qiling: avtomobildasiz, smartfondan foydalanishning iloji yo‘q. Bu vaziyatda sizga Android devayslarga mo‘ljallangan aqlli shaxsiy virtual ovozli tizim yordamga keladi. Buning uchun, “Assistant, yordamga!” desangiz kifoya.

Google tomonidan ishlab chiqarilayotgan Pixel smartfonlarining taqdimotidan 5 oy muddat o‘tib, kompaniya yaqin haftalarda o‘zining Assistant (yordamchi) virtual tizimini Android 6.0 (Marshmallow) va uning yuqori talqini — Nougat’da faoliyat ko‘rsatuvchi mobil qurilmalar uchun ochiq deb e’lon qilmoqchi. Bu degani ayni paytda foydalanilayotgan Android qurilmalarining 30 foizi Google’ning ushbu, Google Now xizmatining takomillashgan ovozli yordamchisidan foydalana oladi. Boshida tizimning ingliz va nemis tillarini qo‘llab-quvvatlaydigan talqinlari e’lon qilinadi keyinchalik yangi tillar ham qo‘shiladi.

Pixel smartfoni mazkur qulaylikka ega jahondagi ilk gadjet. Undan keyin yaqinda taqdim etilgan LG G6 ham Google Assistant bilan ta’minlangan. Ushbu tizimning o‘rnatilgani ham smartfonning bu qadar ommalashuviga xizmat qilgan. Assistant tizimi Google’ning Allo  Google xizmati orqali ovozli xabarlar almashish imkonini ham beradi. Ovozli buyruqlarni anglashi, foydalanuvchining savollariga javob qaytarishi, Google Search, Xarita va Google’ning boshqa xizmatlarining mazkur ovozli buyruqlarni amalga oshirish tizimida markazlashtirilgani uning qanchalar ilg‘or texnologiya ekanidan dalolat beradi.

Google Assistant tizimni operativ xotirasi kamida 1,5 Gbayt bo‘lgan va Google Play xizmati o‘rnatilgan, ekran sig‘imi 720p bo‘lgan elektron qurilmada foydalanish mumkin. Buning uchun Google ilovasini 6.13 versiyasigacha yangilash kerak.

Yana shunga o‘xshash texnologiya Amazon tomonidan Lenovo’ning “Moto” modelidagi smartfonlari platformasida “Alexa” nomi bilan rivojlantirilmoqda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!