“Women Techmakers 2018 International Women’s Day Celebration (IWD)”da 110 nafarga yaqin qizlar qatnashdi

“Women Techmakers 2018 International Women’s Day Celebration (IWD)”da 110 nafarga yaqin qizlar qatnashdi

110 nafarga yaqin qizlar va ayollar “Women Techmakers 2018 International Women’s Day Celebration (IWD)” tadbiri doirasida o‘zlarining axborot texnologiyalari va innovatsiyalari sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini yaxshilash imkoniyatiga ega bo‘lishdi, deb yozilmoqda Toshkent shahridagi Inha universitetining rasmiy saytida.

“Women Techmakers” – bu “Google”ning brendi bo‘lib, yuqori texnologiyalar sohasidagi ayollar uchun global dastur hisoblanadi. “Women Techmakers” innovatsiyalarni rag‘batlantirish hamda ayollarni jalb etishga mo‘ljallangan resurs va hamjamiyatdir.

“Women Techmakers” tadbiri ayollarni yuqori texnologiyalar sohasida ishtirok etishlari uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan. 

“Women Techmakers IWD” tadbiriga Toshkent shahridagi Inha universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda BMTTDning «Samarali Davlat Boshqaruvini rivojlantirish va Raqamli Transformatsiyaga ko‘mak» qo‘shma loyihasi hamda “Super Dispatch”, “Eskiz” va “Tudor” kompaniyalari qo‘llab-quvvatlashi yordamida “Google Developer Groups (GDG) Tashkent” tashkilotchilik qilishmoqda.

“Women Techmakers IWD” 2018 yilning fevral oyida tashkil etilgan “GDG Tashkent” ishlab chiqaruvchilar hamjamiyatining birinchi tadbiridir. Mazkur hamjamiyatning tashkil etilishiga Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari tashabbus ko‘rsatishdi. Tadbir Xalqaro Xotin-qizlar kuniga bag‘ishlab o‘tkazildi.

2018 yilning 11 mart kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida bo‘lib o‘tgan tadbir ikki qismdan iborat bo‘ldi.

Women Techmakers IWD tadbirining ochilishida “Google” kompaniyasining vakili Barish Yesugey ishtirok etdi.

Toshkent shahridagi Inha universitetining professori Kirti Set ayollarning kompyuter fanidagi roli to‘g‘risida ma’ruza o‘qidi.

Tadbir davomida “Women Techmakers IWD” qatnashchilari “Uztelecom”, “MyTaxi” va shu kabi kompaniyalarda ishlayotgan dasturchi qizlarning tajribasi bilan tanishishdi.

“Women Techmakers IWD” doirasida qatnashchilar “Java”, “Telegram-bot” tilida dastur yaratish, algoritmlar, dasturiy ta’minotlarni sinovdan o‘tkazish va boshqalar bo‘yicha bilim oldilar.

IUT Rektori Sarvar Babaxodjayev qayd etdi: «Biz “Women Techmakers IWD” tadbirini o‘tkazganimizdan xursandmiz. Biz turli tadbirlar o‘tkazish orqali qizlar va ayollarning AKT sohasidagi rolini oshirishga katta e’tibor qaratmoqdamiz. Qizlarning salohiyatini oshirib, texnologiyalardagi gender tafovutga chek qo‘yamiz. Toshkent shahridagi Inha universiteti mazkur yo‘nalishdagi bunday tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlaydi».

BMTTDning O‘zbekistondagi vakolatxonasining samarali boshqaruv, siyosat va kommunikatsiyalar klasteri rahbari Kamila Muxamedxanova dedi: «Butun dunyodagi ayollar ilmiy-texnik jarayonda o‘zlarining yetakchilik iqtidorlarini namoyish qilmoqdalar. Bizning maqsadimiz tarixni o‘zgartirib, O‘zbekiston xotin-qizlarini rag‘batlantirishdir. O‘z oldimizga qo‘ygan maqsadlarga erishish uchun biz qizlarni yoshliklaridan boshlab yuqori texnologiyalar sohaga jalb qilishimiz kerak».

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.