Xabarovskda betakror superkompyuter yaratildi

  •   DiMaX
  •  1144
  •  06.07.2017 11:16

Xabarovskda betakror superkompyuter yaratildi

Rossiyaning Xabarovsk shahridagi «Sentr dannix DVO RAN» jamoaviy foydalanish markazida o‘ziga xos superkompyuter yaratilib, foydalanishga joriy etildi. U sun’iy ong va mashina o‘rganishi sohalaridagi masalalarni yechishga moslashtirilgan, deb xabar beradi «Interfaks».

«Yangi superkompyuter soniyasiga 55 trillion operatsiyani bajara oluvchi samaradorlikka ega bo‘lgan eng yangi gibrid arxitektura bazasida yaratildi. Uning resurslari kompyuterning «ko‘rishi» va suratlarni qayta ishlash algoritmlari ustida ishlash tadqiqotlariga, shuningdek, Markaz foydalanuvchilarining sonli hisob-kitoblarini bajarishga yo‘naltiriladi», deya ta’kidlashdi Rossiya Ilmiy tashkilotlar federal agentligida.

Superkompyuterning samaradorligi kerakli kerakli resurslarni kutish vaqtini kamaytiradi hamda sonli hisob-kitoblarning amalga oshirilishini tezlashtiradi. Pirovard natijada, bularning barchasi o‘tkazilayotgan ilmiy tajribalarning samaradorligi oshishiga olib keladi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!