Xakerlar YouTube’dan tarixdagi eng ommabop videoni o‘chirib yuborishdi

  •   DiMaX
  •  2586
  •  10.04.2018 17:21

Xakerlar YouTube’dan tarixdagi eng ommabop videoni o‘chirib yuborishdi

YouTube videoservisi xakerlar hujumiga uchradi – undagi eng ommalashgan musiqali videolarning aksariyati o‘chirib yuborilgan. Shu jumladan, YouTube tarixidagi eng mashhur va ommabop videorolik ham yo‘q bo‘lib qolgan.

O‘QING: Xakerlar tarixdagi eng yirik o‘g‘irlikni sodir etishdi

The Verge nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, eng ommalashgan video Vevo kanali akkauntida bo‘lgan. Bu Luis Fonsi hamda Daddy Yankee ijrosidagi «Despacito» qo‘shig‘ining roligi edi. YouTube’da uning bosh tasviri o‘rnida pulemyot ushlagan niqobli kishilar rasmi turibdi.

O‘QING: YouTube bosh ofisida otishma: jabrlanganlar bor, Tim Kuk hamdardlik bildirdi (+video)

Quyidagi tvitga qaraganda, bu ishni o‘zlarini Prosox va Kuroi'sh deb atovchi xakerlar qilishgan:

Shuningdek, xakerlar YouTube’dan boshqa ommabop musiqali videolavhalar ham o‘chirib yuborishgan. Ularning barchasi Vevo kanali akkauntiga tegishli bo‘lgan.

O‘QING: 2017 yilgi eng ommabop videolar: taycha raqs, labini qimirlatmay gapiruvchi qizcha va Tramp inauguratsiyasiga parodiya!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!