Xalq ta’limi vaziri ham virtual qabulxona ochdi

Xalq ta’limi vaziri ham virtual qabulxona ochdi

Xalq ta’limi vazirligi faoliyatining ochiqligi va oshkoraligini ta’minlash, hamyurtlarimizning sohaga oid taklif, mulohaza va arizalarini zudlik bilan ko‘rib chiqish, qolaversa, tizimda olib borilayotgan islohotlar borasida jamoatchilik fikrini o‘rganish maqsadida Xalq ta’limi vazirining virtual qabulxonasi (www.uzedu.uz) ishga tushirildi.

Bugungi kunda fuqarolar Xalq ta’limi vazirligiga:

–  Xalq ta’limi vazirining virtual qabulxonasi;

–  “Ishonch telefoni” 10-06;

–  [email protected] elektron pochta manzili orqali murojaat qilish va qisqa muddat ichida o‘z savollariga javob olish imkoniyatiga egalar.

Xalq ta’limi vazirining virtual qabulxonasiga murojaatlar amaldagi qonun talablari asosida qabul qilinib, o‘rnatilgan tartibda va qonun bilan belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqiladi.Vazirlik tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari doimiy nazoratga olinib, har bir murojaat ortida inson taqdiri turgani inobatga olinlgan holda, ularning har biriga asosli javoblar qaytarilmoqda.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!