XGIMI H1 – uy kinoteatri vazifasini bajaradigan proyektor

XGIMI H1 – uy kinoteatri vazifasini bajaradigan proyektor

XGIMI kompaniyasi Indiegogo platformasida H1 nomli universal proyektorni taqdim qildi. Mazkur proyektor yordamida devorga 300 dyuym diagonal bo‘yicha tasvirlarni Full HD formatda namoyish qilish mumkin. Shuningdek, proyektorga har biri 44 millimetrli ikkita Harman/Kardon dinamiklari o‘rnatilgan bo‘lib, ular uy kinoteatrida ko‘zda tutilgan karnaylar tizimining o‘rnini egallashi mumkin.

XGIMI H1 proyektorining maksimum yorqinligi 900 lyumanni tashkil qiladi. Proyektor 2D videoni optik linzalar yordamida 3D formatga o‘zgartira oladi. Qurilmaga 4 yadroli, Mali-T760 MP4 grafik adapteriga ega Mstar 6A928 protsessori hamda 3 GB tezkor xotira o‘rnatilgan.

5P3RnOFS9ZliA8DPRZBrtTpFtG84

Eng qizig‘i, XGIMI H1 proyektori Android operatsion tizimida ishlaydi, bu unga turli gadjetlarni ulash imkoniyatini beradi. Proyektorni maxsus pult yoki Android/iOS platformasidagi smartfonlarga o‘rnatiladigan ilova orqali boshqarish mumkin.

XGIMI H1 699 AQSh dollari narxida Indiegogo platformasida sotuvga chiqarilgan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!