Xiaomi 100 dollarlik Redmi Note 5A fabletini taqdim qildi

Xiaomi 100 dollarlik Redmi Note 5A fabletini taqdim qildi

Xiaomi kompaniyasi bir necha daqiqa ilgari navbatdagi hamyonbop smartfoni bo‘lmish Redmi 5A gadjetini o‘z yurtida taqdim qildi. Redmi Note 5A gadjeti 2017 yilda eng ko‘p sotilgan Redmi 4A mobil aloqa vositasining "merosxo‘ri" bo‘lib, keng ommalashgan "Redmi 4" smartfonlar oilasining bir oz arzon vakilidir. Kompaniya Redmi Note 5A'ni 2 talqinda namoyish qildi.

Redmi 4A'dan farqli ravishda, Redmi Note 5A korpusi to‘liq metalldan ishlangan hamda old panel Corning Gorilla Glass himoya shishasi bilan qoplangan. Redmi Note 5A'ning yuqori talqinidagina barmoq izlari skaneri joriy qilingan.

Redmi Note 5A'ning har ikkala talqini 5.5 dyuymli HD (720p) ekranga ega bo‘lgan hamda ular Android Nougat'ning o‘zlashtirilgan MIUI 9 proshivkasida ishlaydi. Ikkala talqinda ham 128 gigabaytgacha xotira fleshkasini qo‘llab-quvvatlaydigan alohida micro-SD, shuningdek qo‘shimcha yana 2 ta sim-karta qo‘yish mumkin bo‘lgan alohida bo‘lmachalar mavjud.

Arzonroq talqindagi Redmi Note 5A smartfoni Qualcomm 4 yadroli, 1,4 GGs chastota tezligida ishlaydigan Snapdragon 425 protsessorida ishlaydi. Redmi 4A kabi, bu talqinda 2 gigabaytli tezkor va 16 gigabaytli doimiy xotira tatbiq qilingan. Redmi Note 5A'ning yuqori talqini esa Qualcomm Snapdragon 435 protsessori, 3/4 GB tezkor va 32/64 GB doimiy xotiraga ega bo‘lgan.

Har ikkala talqin ham 13 megapikselli bosh kameraga ega bo‘lgan. Biroq, arzon talqinda 5 megapikselli, qimmat talqinda 16 megapikselli sensorlardan foydalanilgan. Shuningdek, 16 megapikselli selfi-kamerali Redmi Note 5A LED-fotochaqnog‘iga ham ega bo‘lgan.

Redmi Note 5A ertadan Xitoyda sotuvga chiqadi. Uning arzon talqini 104, qimmat talqinlari 130 va 180 AQSh dollaridan sotuvga chiqariladi.

Xiaomi Redmi 4A ayni paytda O‘zbekiston smartfon bozorida 110$ (16 Gb) va 120$ (32 Gb) dollardan sotilmoqda. Redmi 4A 5 dyuymli HD aniqligidagi IPS ekran, 13 MPli (f/2.2) asosiy va 5 Mpli old kamera, to‘rt yadroli Snapdragon 425 protsessori va 2 GB tezkor  xotira bilan jihozlangan. Doimiy xotirasining sig‘imi 16 GB, biroq uni microSD yordamida 128 GBgacha kengaytirish mumkin. Batareyaning sig‘imi – 3120 mA/soat. Garchi qurilmaga barmoq izi skaneri o‘rnatilmagan bo‘lsa-da, biroq u IK-port va 4G modul bilan ta’minlangan.

 

 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!