Xiaomi 100 milliondan ortiq Redmi Note smartfonini sotdi

Xiaomi 100 milliondan ortiq Redmi Note smartfonini sotdi

Xiaomi'ning Redmi sub-brendi juda ham muvaffaqiyatli bo‘lgan lineykadagi smartfonlar ishlab chiqarishi hech kimga sir emas. Bu yerda Note devayslari haqida gap ketayotgani ham kundek ravshan.
Xitoy kompaniyasi e’lon qilgan so‘nggi xabarga ko‘ra, Redmi brendi 2014-yilda ochilganidan buyon dunyo bo‘ylab 100 milliondan ortiq dona Note smartfoni sotildi.
Avvalroq, mart oyi oxiriga qadar Redmi Note 7 seriyasi smartfonlari 4 million dona sotilgan bo‘lsa, iyulda sotuvlarning umumiy hajmi 15 millionga yetdi, kecha esa 20 millionlik ko‘rsatkich qayd etildi.
Redmi Note oilasining eng so‘nggi vakillari qatoriga Redmi Note 8 va Note 8 Pro'lar kiradi. Hozircha, 8 Pro sub-brendning eng kuchli a’zosi sanaladi.

O‘QING: Redmi K30 hamyonbop flagmani – Xiaomi’ning qo‘sh kamerasi ekranga o‘yilgan ilk 5G-smartfoni!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!