Xiaomi 2 barobar arzon, hamyonbop ekshn-kamerani sotuvga chiqardi

Xiaomi 2 barobar arzon, hamyonbop ekshn-kamerani sotuvga chiqardi

Xiaomi ilk kameralarini taniqli YI Technology kompaniyasi bilan hamkorlikda taqdim qilgan edi. Biroq, so‘nggi yillarda kompaniya shaxsiy kamera turkumlariga diqqat qaratmoqda. Uylarni qo‘riqlashga mo‘ljallangan 360 gradusli videokameralardan so‘ng, Xiaomi kompaniyasi MIJIA Small Camera nomli ilk ekshn-kameralarini namoyish qildi. Ayni paytda bu kameraga Mi Home kraudfanding platformasida buyurtma berish mumkin.    

U nimaga qodir?

Xiaomi MIJIA Small Camera'dagi 8 megapikselli Sony IMX317 sensorining piksel o‘lchami 1.62 mkm. Bu kameraning optik linza hajmi  f/2.8 va 145 gradus burchak ostida surat oladi.

Kamera olgan tasvirni Ambarella A12S75 protsessori qayta ishlaydi. Bu chip shovqinni kamaytirish va optik sifatni yaxshilash imkoniga ega. Kamera sekundiga 30 ta kadrli 4K-video (3840x2160 pikselli) suratga oladi. Tasvirga olish chog‘ida kamera 6 o‘qli elektron barqarorlashtirish (3 o‘qli giroskop + 3 o‘qli akselerometr) tizimidan foydalanadi. Kamerada interval hamda sekinlashtirib suratga olish rejimlari tatbiq qilinan. Shuningdek, tasvirlarni RAW-formatda ham saqlash mumkin.

Kamera ixcham o‘lchamda: 71.5x42.7x29.5 mm., 99 gramm vaznga ega. Uning 2.4 dyuymli sensor displeyi mavjud. Kamera Wi-Fi va Bluetooth modullari yordamida smartfon yoki boshqa mobil gadjetlarga simsiz ulanadi.

MIJIA Small Camera'ga 64 gigabaytgacha ma’lumot sig‘adi. Undagi 450 mA soat elektr toki sig‘imiga ega akkumulyator to‘liq quvvat bilan 2 soat mobaynida 4K-sig‘imli, 3 soat Full HD (1080p, 60 k/s) video yozadi. Kompaniya kamera uun qo‘shimcha suv o‘tkazmaydigan idish ham ishlab chiqarmoqchi.

Qancha turadi?

Xiaomi MIJIA Small Camera Xitoyda $105 dollaridan sotilmoqda. Avvalgi kamera -- YI 4K $200 AQSh dollaridan sotilayotgan edi. Shuningdek, Xiaomi MIJIA Small Camera'ning GoPro va Sony brendlari tomonidan ishlab chiqarilgan raqiblari ham undan bir necha marotaba qimmat.