Xiaomi 2018 yilgi smartfonlarida 3D-sensorlarni joriy etadi

  •   DiMaX
  •  1352
  •  10.11.2017 10:19

Xiaomi 2018 yilgi smartfonlarida 3D-sensorlarni joriy etadi

Hozirda smartfonlarni blokdan chiqarishda qo‘llanadigan vositalar orasida eng keng tarqalgani – barmoq izi skaneridir. Ammo iPhone X taqdimotidan keyin vaziyat o‘zgardi – endi yuzni tanish orqali qurilmani blokdan chiqarish urfga kirmoqda.

O‘QING: Android uchun «dunyodagi eng zo‘r» yuzni tanish tizimi Rossiyada yaratildi

Ishlab chiqaruvchilar ham yuz tuzilishini skanerlash funksiyasiga ega qurilmalarga e’tibor qarata boshlashgan. Kelasi yildan Xiaomi ham o‘z smartfonlariga shunaqa sensorlarni tatbiq etishni rejalashtirgan, deb yozadi AndroidHeadlines.

Aytish kerakki, 3D-sensorlar – kelgusi yilda Xiaomi joriy etadigan yagona innovatsiya emas. Mazkur kompaniya yana IP67 yoki IP68 standartiga ko‘ra himoyalangan smartfon ham ishlab chiqarmoqchi.

O‘QING: Xiaomi «suvdan qo‘rqmas» uchta smartfon tayyorlamoqda

Shuningdek, yuzni tanish sensorlarini yaratish bilan Samsung va OPPO kompaniyalari ham shug‘ullanishmoqda, deyiladi xabarda.

O‘QING: "Face ID"ga ega ilk android – Vivo X20 taqdim qilindi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!