“Xiaomi’cha jang”: Redmi S2, Redmi 5 Plus va Redmi Note 5

“Xiaomi’cha jang”:  Redmi S2, Redmi 5 Plus va Redmi Note 5

Xiaomi kompaniyasi Redmi S2 modelini sotuvga chiqarib, hamyonbop smartfonlar bozoridagi o‘rnini yanada mustahkamladi. Kompaniya bozorda yaxshi kamerafonlar xaridor diqqatini tez tortishini bilib olgan chog‘i, u o‘rta narx evaziga yaxshi surat oluvchi bir nechta mobil aloqa vositalarini ishlab chiqarmoqda. Bu narx evaziga ularning munosib raqiblarini topish qiyin. 

Xaridor uchun jozibador narxli yaxshi smartfonlar orasida kompaniyaning o‘zining modellari ham bir-birlari bilan raqobat qiladilar. Misol uchun, yaqinda taqdim qilingan Xiaomi Redmi S2 modeli jihatlariga ko‘ra Xiaomi Redmi 5 Plus hamda Redmi Note 5 (Xitoy) modellari o‘rtasida turadi. Ayrim o‘ziga xosliklari bilan Redmi 5 Plus modeli bilan ham tenglashadi. $200 dollargacha bo‘lgan smartfonlar orasida Xiaomi Redmi S2, Redmi 5 Plus hamda Redmi Note 5 modellaridan yaxshi gadjetlarni topish -- imkonsiz.

Quyida sizga Xiaomi Redmi S2, Xiaomi Redmi 5 Plus hamda Xiaomi Redmi Note 5 jihatlarini taqqoslagan holda o‘rganish imkonini beramiz.

 

 

Xiaomi Redmi S2

Xiaomi Redmi 5 Plus

 

Xiaomi Redmi Note 5

 

O‘lchamlari hamda vazni

160.7 x 77.3 x 8.1 mm, 170 gramm

158.5 x 75.5 x 8.1 mm, 180  gramm

 158.6 x 75.4 x 8.1 mm, 181  gramm

Ekran

5.99 dyuymli, 720 x 1440p (HD+), har dyuymdagi piksel - 269 ppi, ekran nisbati 18:9, IPS LCD matritsa

5.99  dyuymli , 1080 x 2160p (Full HD+),  har dyuymdagi piksel - 403 ppi,  ekran nisbati 18:9, IPS LCD  matritsa

 5.99  dyuymli , 1080 x 2160 pixels,  har dyuymdagi piksel - 403 ppi,  ekran nisbati 18:9, IPS LCD  matritsa

Protsessor

Qualcomm Snapdragon 625, sakkiz yadroli, 2.0 Ggs chastota tezligi

Qualcomm Snapdragon 625, 8 yadroli, 2  Ggs chastota tezligi

Qualcomm Snapdragon 636, sakkiz yadroli 1.8  Ggs chastota tezligi

Xotira

3 GB tezkor va 32 GB doimiy yoki 4 GB tezkor va 64 GB doimiy, micro SD bo‘lmachasi.

3  GB tezkor va 32 Gb  doimiy  yoki 4 GB tezkor va 64 GB doimiy, shuningdek micro SD bo‘lmachasi.

4  GB tezkor va 64 GB doimiy yoki 6 GB tezkor hamda 64 GB doimiy, shuningdek micro SD bo‘lmachasi.

Operatsion tizim

Android 8.1 Oreo, MIUI 9.5

Android 7.1.2 Nougat, MIUI 9.5

 Android 7.1.2 Nougat, MIUI 9

Aloqa imkoniyatlari

Wi-Fi 802.11 b/g/n, Bluetooth 4.2, GPS

Wi-Fi 802.11 a/b/g/n, Bluetooth 4.2, GPS

 Wi-Fi 802.11 a/b/g/n/ac, Bluetooth 5.0, GPS

Kamera

Qo‘sh ob’yektivli: 12 + 5 MP f/2.2
16 MP selfi kamera

Bir ob’yektivli: 12 MP f/2.2
5 MP selfi kamera

Bir ob’yektivli:
12 MP f/2.2
5 MP f/2.0 selfi kamera

Akkumulyator

3080 mA soat
5V / 2A kuchlanishda tezkor quvvat olish

4000  mA soat
5V / 2A  kuchlanishda tezkor quvvat olish

 4000  mA soat , Quick Charge 2.0 tezkor quvvatlash texnologiyasi

Qo‘shimcha jihatlar

Qo‘sh SIM karta bo‘lmachasi

Gibrid qo‘sh SIM karta bo‘lmachasi, ya’ni bittasini xotiraga almashtirish mumkin.

  Gibrid qo‘sh SIM karta bo‘lmachasi, ya’ni bittasini xotiraga almashtirish mumkin.

Xiaomi Redmi Note 5 (xalqaro bozorda Redmi 5 Pro nomi bilan mashhur) modeli Xiaomi Redmi S2 va Xiaomi Redmi 5 Plus bilan solishtirib ko‘rganda, bir qadam oldinda. Xiaomi Redmi Note 5 modelining protsessori kuchliroq ekani evaziga bu smartfonning ishlashi nisbatan tezkor va bir tekis.

Shu bilan birga, Xiaomi Redmi Note 5 modelida 6 gigabaytli tezkor xotira o‘rnatilgan hamda uning raqiblarining tezkor xotirasi 2 gigabayt kichikroq. Aslida 4 gigabaytli tezkor xotira ham bugungi foydalanuvchi uchun yetib ortadi.

Xiaomi Redmi Note 5 modeliga o‘rnatilgan kamera (12 Mp (f/2.2) LED fotochaqnoq va fazali avtofokus) ham Redmi S2 hamda 5 Plus modellari bilan taqqoslaganda, birmuncha yaxshi. Shuningdek, Xiaomi Redmi Note 5 "quvvat toshi" ham uzoqqa yetadi. 4,000 mA soat tok sig‘imiga ega akkumulyatorni ikkinchi avlod quvvatlash texnologiyasi bilan tezkor quvvatlash mumkin.

Redmi Note 5 narxi ma’qul bo‘lmagan taqdirda, Redmi S2 hamda Redmi 5 Plus modellari ham ayni muddao.

Ular o‘rtasidagi farqni kamera ham akkumulyator imkoniyatlarida ko‘rish mumkin. Redmi S2 kamerasi (sun’iy aql texnologiyasiga ega) ancha ilg‘or. Kamera masalasida 12+5 megapikselli texnologik yechim tatbiq qilingan. Old panelda esa 16 megapikselli kamera mavjud.

Xiaomi Redmi 5 Plus esa undan akkumulyatorining 4000 mA soat ekani bilan ustun.

Qolaversa, ekran sifati borasida Xiaomi Redmi 5 Plus modeli g‘olib keladi.

Shu bilan birga, Xiaomi Redmi S2 doimiy xotirasini microSD kartasi yordamida 128 gigabaytga kattalashtirish ham mumkin. Buning uchun sim-karta bo‘lmachalardan birini "fido qilish" shart emas. Biroq, Xiaomi Redmi 5 Plus modelida bo‘lmachalar gibrid, ya’ni ikki sim-karta yoki bitta xotira kartasi va bitta sim-karta.


Quyida "Malika"da mazkur raqiblar necha puldan sotilayotganini eslatib o‘tamiz:

Xiaomi Redmi S2: 1 558 000 so‘mdan boshlab;
Xiaomi Redmi 5 Plus: 1 250 000 so‘mdan boshlab;
Xiaomi Redmi Note 5: 1 600 000 so‘mdan boshlab sotilmoqda.

Albatta, narx har joyda turlicha bo‘lishi mumkin.

Xiaomi Redmi S2 va Xiaomi Redmi 5 Plus birgalikda Xiaomi Redmi Note 5 modeliga qarshi: kuchli va kamchilik jihatlari

Xiaomi Redmi S2

Kuchli jihatlari:

Kamerasi juda ilg‘or
Narxi esa arzon
micro SD bo‘lmachasi alohida
Qadoqdayoq Oreo tizimida ishlaydi

Kamchiligi:

HD sig‘imlit displey

Xiaomi Redmi 5 Plus

Kuchli jihatlari:
Akkumulyatori uzoqqa yetadi
Displey keng hamda sig‘imdor
Narxi esa hammabop

Kamchiligi:
Kamerasi o‘ziga yarasha

Xiaomi Redmi Note 5

Kuchli jihatlari:
Ekran namoyishi yuqori
Kamerasi ham yomon emas
Akkumulyatori ham yaxshi

Kamchiligi:
Narxi raqiblariga nisbatan baland

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!