Xiaomi Dipper – baquvvat Snapdragon 845 protsessorli yangi smartfon!

  •   DiMaX
  •  1856
  •  13.03.2018 11:21

Xiaomi Dipper – baquvvat Snapdragon 845 protsessorli yangi smartfon!

27 martda taqdim etiladigan Mi MIX 2S smartfoni Qualcomm’ning kuchli Snapdragon 845 protsessori bazasidagi ilk Xiaomi qurilmasi bo‘layotir. Ammo «Xitoycha Apple»ning yana bir yangi smartfoniga ham ushbu platforma o‘rnatilayotgani kuni kechagina ma’lum bo‘ldi.

O‘QING: Mi MIX 2S dunyodagi eng qudratli smartfonlardan biri bo‘lishini Xiaomi tasdiqladi (+video)

Gap shundaki, Geekbench servisida Xiaomi kompaniyasining shu paytgacha noma’lum bo‘lgan yana bir qurilmasi sinovdan o‘tkazilgan. Benchmark ma’lumotlar bazasida saqlanib qolgan yozuvlarga ko‘ra, kodli nomi Dipper bo‘lgan ushbu gadjet Snapdragon 845 platformasida ishlaydi.

Afsuski, Geekbench sayti bu qurilmaning texnik xususiyatlarini batafsil ma’lum qilmagan. Aniq bo‘lgani shuki, Dipper kodli nomiga ega bu smartfonning tezkor xotirasi 6 gigabayt hajmga ega. Unga boshidanoq Android 8.0 Oreo operatsion tizim talqini o‘rnatilgan.

Aytish kerakki, Xiaomi’ning Mi turkumidagi flagman smartfonlari o‘zlarining kodli nomlariga ega (masalan, Mi 6 modelining kodli nomi – Sagit, Mi 5’niki esa – Gemini). Shunga qaraganda, Dipper nomli ushbu yangi devays ham Mi turkumiga mansub bo‘lishi aniq. Faqat uning tijoratga taqdim etiladigan nomi hozircha ma’lum emas. Katta ehtimolga ko‘ra, Dipper kodli nomi ostida Mi 7 modeli yashiringan.

O‘QING: «iPhone X’ga o‘xshash» Mi 7’ning kechikish sabablari, yangi «jonli» rasmi va boshqa ma’lumotlari