Xiaomi eng kuchli poverbankni sotuvga chiqardi

Xiaomi eng kuchli poverbankni sotuvga chiqardi

Bu hafta Xiaomi uchun barakali keldi. Tinim bilmas xitoylik ishlab chiqaruvchi romdan xoli Mi Mix 2 hamda qo‘sh sensorli Mi Note 3 smartfonlaridan so‘ng yana bir qiziq mahsulotni taqdim qildi – yangi batareya akkumulyatori. Uning gadjetlar bozorida raqiblari orasida eng ilg‘ori va kuchlisi bo‘lishi kutilmoqda.

Xiaomi Mi Power 2C zahira akkumulyatori (poverbank) o‘zining 20 000 mA soat tok sig‘imi bilan bemalol maqtana oladi. Bu quvvat iPhone 8 flagmanini 8 marotaba qayta va qayta quvvatlashga yetadi. Yoki Xiaomi Mi Mix 2'ni birvarakayiga 4 marotaba quvvatlash mumkin.

Xiaomi Mi Power 2C akkumulyatorining korpusi plastikdan ishlangan bo‘lsa ham, kaftga mahkam turishini ta’minlaydigan dag‘al qoplama bilan o‘rab olingan. Bu batareya 18 Vt.li tezkor quvvat olish texnologiyasiga ham ega bo‘lgan. Quick Charge 3.0 texnologiyasi uzog‘i bilan 8 soat ichida 20 ming mA soat quvvatni o‘zida jamlaydi.

Shuningdek, gadjetlar ham undan tezkor quvvat olishlari mumkin. Nazariy jihatdan, undagi 5.1V / 3.6A standartidagi USB MacBook 12 yoki, hatto 2016 va 2017 yilgi MacBook Pro'ni ham yo‘lda quvvatlash uchun xizmat qiladi.

Xiaomi Mi Power 2C poverbankining o‘rtacha ishlash vaqti 3 yil. Shunday bo‘lsa ham, uni quvvatlash sikli 300 marotabani tashkil qiladi va u shuncha quvvatlashdan keyin ham boshlang‘ich quvvat sig‘imining 90% ini saqlab qoladi.

Xiaomi Mi Power 2C 358 gramm tosh bosadi. Xiaomi Mi Power 2C Xitoyda $20 dollardan soutvga chiqarilgan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.