Xiaomi hozirgina 8-avlod chipiga ega Mi Notebook Pro'ni taqdim qildi

Xiaomi hozirgina 8-avlod chipiga ega Mi Notebook Pro'ni taqdim qildi

Xiaomi kompaniyasi ayni paytda davom etayotgan yirik -- Mi MIX 2 va Mi Note 3 flagmanlariga bag‘ishlangan taqdimotda Mi Notebook Pro -- o‘zining Windows noutbukini taqdim qildi.

Mi Notebook Pro 8-avlod, 8 yadroli Gen Intel Core i7 protsessori, 2 kanalli va 16 gigabaytli tezkor xotira, 1 terabaytgacha doimiy xotiraga ega bo‘lgan. Yangi avlod chipi "ajdodi"ga qaraganda 40% ga samaraliroq ishlaydi.
Xiaomi, shuningdek mazkur noutbukda tatbiq qilingan NVIDIA GeForce MX150 video-kartasini ham taqdim qildi. O‘ziga xos jihati shundaki, mazkur video-karta ham o‘zining tezkor xotirasiga ega. 2 kanalli tezkor xotira, deganda shu nazarda tutilgan.


15.6 dyuymli ekranga ega Xiaomi Mi Notebook Pro namoyish chog‘ida 5 dyuymli  MacBook Pro 2017 bilan taqqoslandi. Xiaomi Mi Notebook Pro 1.95 kg, o‘lchamlari: 360.7x243.6x15.9 mm. Ekran Corning Gorilla Glass 3 himoya shishasi bilan qoplangan.
Og‘ir vazifalar jarayonida ham laptop qizib ketmasligi uchun ishlab chiqaruvchi gadjetga qo‘shimcha samarali salqinlatish tizimini joriy qilgan.

Mi Notebook Pro barmoq izlari skaneriga ham ega bo‘lgan. Mazkur sensor Windows Hello tizimga kirish funksiyasini ham qo‘llab-quvvatlaydi.
Xiaomi jamoasi laptopdan foydalanish jarayonida klavishlarning qulay joylashuviga ham alohida diqqat qilgan. Apple MacBook Pro bilan taqqoslaganda, Mi Notebook Pro'dagi klavishlar orasi 19% ga kattaroq. Bu esa matn terish va muloqotlarda qo‘l keladi.

Mi Notebook Pro klavishlari ostki yoritish chiroqlariga ega bo‘lgan. Shuningdek, klavish doskasida Home, End kabi funksiyalarni bajaruvchi to‘liq hajmli, kursorni turli yo‘nalishlarda harakatlantirishga mo‘ljallangan klavishlar ham bor.

Aloqa o‘rnatish uchun Mi Notebook Pro'da "3 tasi 1 da" tamoyilidagi SD card bo‘lmachasi, 2 ta USB Type-C portlari, HDMI porti, 2 ta USB 3.0 portlari va 3.5 mmyuli audio-quloqchin tuynugi bor.

Shu bilan birga, ishlab chiqaruvchining ma’lum qilishicha, noutbukda Harman Infinity va Dolby Atmos kabi taniqli brendlarning karnaylaridan foydalanilgan.

Kompaniyaning aytishicha, 6000 mA soat tok sig‘imiga ega batareya quvvatini 35 minutda 50 foizga to‘ldiradi.

Narx-navo

Xiaomi Mi Notebook Pro 3 talqinda ishlab chiqariladi - Intel Core i7, 16 GB tezkor xotira talqini 1074 AQSh dollari; Intel Core i7, 8 GB tezkor xotira talqini 980 AQSh dollari; Intel Core i5, 8 Gb talqini 850 AQSh dollaridan sotuvga chiqariladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!