Xiaomi jamoasiga nufuzli IT-menejer qo‘shildi

Xiaomi jamoasiga nufuzli IT-menejer qo‘shildi

Xiaomi kompaniyai boshqaruvi jamoasiga Tayvanning protsessor ishlab chiqaruvchi MediaTek kompaniyasi sobiq direktori Chju Shanszu (Zhu Shangzu) qo‘shildi. Uni jamoatchilikka Xiaomi kompaniyasi asoschisi Ley Szyun yangi top-menejer sifatida tanishtirdi.

Chju Shanszu Xiaomi'ning yangi sarmoyaviy loyihalarini yo‘lga qo‘yish va ularni nazoratga olish bilan shug‘ullanadi. Aytish joizki, Shanszu o‘z vaqtida MediaTek hamda Xiaomi o‘rtasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda muhim rol o‘ynagan.

Chju Shanszu MediaTek'dagi faoliyatini 1999 yilda boshlagan va uning sa’y-harakatlari evaziga tayvanlik ishlab chiqaruvchi smartfon va boshqa qurilmalar uchun chiplar yetkazib berishda jahonning ikkinchi eng yirik kompaniyasiga aylangan edi. Xiaomi ham chip ishlab chiqarishda o‘zini sinab ko‘rmoqda. Bunda Chju Shanszu tajribasidan keng foydalanilsa ajab emas.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.