Xiaomi Mi 7’ning ilk haqiqiy surati chiqdi

  •   DiMaX
  •  3515
  •  19.01.2018 18:16

Xiaomi Mi 7’ning ilk haqiqiy surati chiqdi

Internetda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Xiaomi kompaniyasi o‘zining Mi 7 flagmanini kelasi oy oxirida boshlanadigan MWC 2018 ko‘rgazmasida namoyish qilmoqchi. Ungacha esa bu qurilmaning xususiyatlari to‘g‘risida har xil ma’lumotlar chiqishda davom etmoqda.

O‘QING: Xiaomi Mi 7 va Mi 7 Plus: rasmiy narxi, suratlari va xususiyatlari

Jumladan, bugun Naijatechguide resursi bo‘lajak flagmanning ilk suratini taqdim etdi, aniqrog‘i – rasmda smartfonning faqat orqa qopqog‘i aks ettirilgan.

Ushbu fotosuratda aks etgan smartfon Xiaomi’ning oldingi flagmanlariga o‘xshash dizaynda. Orqa qopqoqning ikki chekkasi qayrilma shaklda, ammo uning materialini aniqlash imkoni yo‘q. Yuqori chap burchagida asosiy kameraning yonma-yon joylashgan ikkita ob’yektivi hamda qo‘shaloq chaqnog‘i ko‘zga tashlanadi. Orqa paneldagi barmoq izi skaneri hamda firma logotipi doimgi joyida qolgan.

«Xitoylik Apple»ning oldingi rusumlardagi smartfonlarini esa O‘zbekiston bozorlaridan yoki onlayn savdo platformalari orqali xarid qilish imkoni mavjud.

O‘QING: Xiaomi smartfonlarini AliExpress orqali «Malika»dagidan arzonroqqa oling!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!