Xiaomi Mi 7’ning «jonli» suratlarida uning yangi jihatlari fosh bo‘ldi

  •   DiMaX
  •  1684
  •  11.04.2018 16:50

Xiaomi Mi 7’ning «jonli» suratlarida uning yangi jihatlari fosh bo‘ldi

Jadal rivojlanib kelayotgan Xiaomi kompaniyasi o‘zining Mi 7 flagmanini yaqin orada rasman namoyish etishi kutilmoqda. Ungacha esa insayderlar qurilmaning turli suratlarini, uning xususiyatlari haqidagi ma’lumotlarni tarqatishda davom etishmoqda.

O‘QING: Xiaomi Mi 7: yashiradigan sirning o‘zi qolmadi

Xitoylik manbalar bugun ushbu gadjetning «jonli» olingan yangi rasmlarini internetga joylashdi. Ular Xiaomi Mi  7’ning tashqi ko‘rinishiga xos ayrim yangi xususiyatlarni namoyon etdi.

Fotosuratga ko‘ra, ushbu telefon karkasi zanglamas po‘latdan ishlangan, korpusi oq rangda. Pastki qirrasida mikrofon, dinamik hamda zamonaviy USB-C porti joy olgan.

Suratga ishonadigan bo‘lsak, Xiaomi Mi 7 modelida an’anaviy 3.5 millimetrlik quloqchin tirqishidan voz kechilgan. Shuningdek, orqa paneldagi qo‘sh ob’yektivli bosh kamera tikka joylashgani ham ko‘rinib turibdi.

Xiaomi kompaniyasining mazkur flagmani haqidagi yangiliklarni birinchilar qatorida o‘qib borish uchun bizdan uzoqlashmang. Uning savdoga chiqarilgan smartfonlari esa yurtimizda ham sotilayotganini eslatib o‘tmoqchimiz.

O‘QING: Butun O‘zbekiston bo‘yicha yetkazib beriladigan Xiaomi smartfonlarining narxlari (2018 yil 3 aprel)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!