Xiaomi Mi Max 3’ning ilk «jonli» suratini tomosha qiling!

  •   DiMaX
  •  1861
  •  17.01.2018 09:35

Xiaomi Mi Max 3’ning ilk «jonli» suratini tomosha qiling!

Xitoylik smartfonsoz o‘zining Mi Max fabletlar turkumi uchinchi avlodini chiqarishga tayyorgarlik ko‘rayotganidan xabaringiz bor. Uni ikki xil versiyada taqdim etilishi haqida ham yozganmiz. Ushbu qurilma ekranining tomonlari o‘zaro 18:9 nisbatda bo‘lib, korpusi o‘lchami bo‘yicha ham bozordagi eng yirik smartfonlardan biri bo‘ladi.

O‘QING: Xiaomi 7 dyuymlik fableti bilan lol qoldirmoqchi

Mazkur fabletmaning turli render-suratlari taqdim etib kelinayotgan edi. Kechagina internetda Xiaomi Mi Max 3’ning birinchi «jonli» rasmi tarqaldi. Aniqrog‘i, unda smartfonning bir qismi – orqa panelning yuqori yarmi aks ettirilgan.

Ushbu suratdagi gadjet tashqi ko‘rinishi jihatidan oldingi tarqalgan rasmlarda tasvirlangan smartfonga judayam o‘xshash. Shuningdek, GizChina nashrining ta’kidlashicha, Xiaomi Mi Max 3 smartfonini Snapdragon 660 protsessori bilan chiqaradi. Uning tezkor xotirasi 4 gigabayt hajmga, akkumulyatori esa 5500 mA/soat sig‘imga ega. Fabletning bosh kamerasi har biri 12 megapikselli ikkita datchikdan iborat.

Taxminlarga ko‘ra, Xiaomi Mi Max 3 smartfonini ilk bor MWC 2018 ko‘rgazmasida ommaga namoyish etishmoqchi. Uning narxi borasida hozircha ma’lumotlar yo‘q. Biroq «xitoycha Apple»ning oldingi modellarini O‘zbekiston bozorlaridan yoki onlayn do‘konlardan xarid qilish imkoni mavjud.

O‘QING: Xiaomi smartfonlarini AliExpress orqali «Malika»dagidan arzonroqqa oling!