Xiaomi Mi Mix 2s: haqiqatga aylangan afsona

Xiaomi Mi Mix 2s: haqiqatga aylangan afsona

Romdan voz kechish trendi jadal sur’atlarda davom etmoqda. Buni boshlab bergan qahramonlardan biri bo‘lgan Xiaomi Mi MIX modeli yanada taassurotli dizaynda Xiaomi Mi MIX 2S nomi bilan shu oyda Barselonada bo‘lib o‘tadigan Mobile World Congress anjumanida taqdim etilishi kutilmoqda. Mi Mix 2s modelining surati va jihatlari kecha internet tarmog‘ida e’lon qilindi.

Xiaomi Mi Mix 2s modeli old paneli 5.99 dyuymli, tomonlari 18:9 nisbatli, FHD+ (2260×1080 piksel) sig‘imli to‘liq ekrandan iborat bo‘ladi.

Uning ekrani atrofi o‘ta nafis sinch bilan o‘rab olinadi. Bu model ham Qualcomm Snapdragon 845 protsessori va 8 gigabaytli tezkor xotira, 256 gigabaytli doimiy xotira bilan yilning eng kuchli platmorfmaga ega mobil aloqa vositalaridan biri bo‘ladi.

Mi MIX 2S modelida sun’iy intellekt tizimining joriy qilinishi kutilmoqda. Xususan, smartfon egasining yuz-qiyofasini taniy oladi. Shu jihati bilan u so‘nggi avlod iPhone smartfonlarini eslatadi. Smartfon displeyining quyi qismida ekranga joylashtirilgan virtual skaner bo‘ladi.

Smartfon korpusi keramikadan tayyoralanadi va to‘rt tomonga qayrilgan dizaynda tayyorlanadi.

Kamera ham ilg‘or: Mi MIX 2S'da qo‘sh pikselli avtofokus tizimiga ega bo‘lgan yangi Sony IMX363 sensori o‘rnatiladi.

Yana bir ahamiyatli jihati -- Sony IMX363 sensori ob’yektlarni taniydi va o‘zi mustaqil ishga tushadi. Kamerada suratlarni qayta ishlash texnologiyasi yanada takomillashgan.

Suratda ko‘rib turganingiz kabi, Mi MIX 2S modelining kamerasi old panelning o‘ng tomon yuqori qismidan o‘rin olgan. Bu yerda joylashtiriladigan 12 megapikselli, optik yaqinlashtirish texnologiyasiga ega kamera xaridorning diqqatini tortadi.


Mi Mix 2S quvvati uchun 3400 mA soat tok quvvatiga ega akkumulyator mas’ul bo‘ladi. Smartfon samarali chipga hamda quvvatni tejaydigan Android 8.0 Oreo'da ishlashini hisobga olsak, bu quvvat foydalanuvchining ko‘nglini chog‘ qiladi.

Xiaomi Mi Mix 2 shu kunlarda Xitoyda ancha arzonlashdi. Shundan kelib chiqadigan bo‘lsak, yangi modelning taqdim qilinishiga oz fursat qolgan ko‘rinadi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!