Xiaomi Mi Router 4 marshrutizatorini taqdim etdi, narxi ham ma’lum

  •   Saroy
  •  1916
  •  22.05.2018 16:29

Xiaomi Mi Router 4 marshrutizatorini taqdim etdi, narxi ham ma’lum

Bugun – 22 mayda  Xiaomi kompaniyasi Xitoyda yangilangan  Mi Router 4 marshrutizatorni taqdim etdi.

Yangi qurilma 2016 yilda iste’molga chiqarilgan mashhur Mi Router 3 modelining davomchisidir. Mi Router 4 dizayni bo‘yicha ham avvalgisini eslatadi. U 4 ta antenna va buralgan qirrali korpusga ega. Qurilmaning pastki va orqa tomonida  samarali energiyasovutgich uchun maxsus teshik mavjud. Marshrutizator  yangilangan MT7621A protsessor bilan jihozlangan, natijada uni 130 ga yaqin qurilmaga ulash mumkin. Shuningdek, unga  Mi Router 4 128 MB OZU va 128 GB PZU ham o‘rnatilgan. Unda  LAN, WAN, USB  portlari va chiroqli indikatorlar mavjud. Afsuski, router aynan qaysi platformada ishlashi haqida ma’lumot hali yo‘q.  Taxminan  MiWiFi OS (Mi Router 3 ga o‘xshab) bo‘lsa kerak.

Yangilikning o‘ziga xos tomonlaridan, bu uning ikkidiapazonli Wi-Fi (2.4G va 5G)ni, MiNET funksiyasi (qurilmani aqlli uylarga tezkor qo‘shish)ni, Android bilan simsiz ulanishni va iOS qurilmasini qo‘llab-quvvatlashidir. Qurilma WPA-PSK/WPA2-PSK bilan raqamlashtirilgan va DoS-hujumlardan himoyalangan.

O‘QING: Wi-Fi tarmog‘ida xavfsizlikni ta’minlash uchun 5 maslahat

Xiaomi Mi Router 4 may oyining oxirgi o‘n kunligi o‘rtalarida savdoga chiqadi. Narxi  199 yuan (30 AQSh dollari atrofida) bo‘ladi. Taqqoslaydigan bo‘lsak, avvalgi Mi Router 3 modeli 149 yuan (23 AQSh dollari atrofida)dan sotilgan edi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!