Xiaomi'ning 6 smartfoni uchun MIUI 9 so‘nggi tizim bo‘ladi

Xiaomi'ning 6 smartfoni uchun MIUI 9 so‘nggi tizim bo‘ladi

Xiaomi kompaniyasi smartfon bozorining eng mehnatkash kompaniyasi bo‘lib, brend nafaqat smartfonlari, balki o‘zining o‘zlashtirilgan shaxsiy operatsion tizimi bilan ham muxlislar diqqatidan o‘rin olgan. Yaqinda e’lon qilingan ilg‘or MIUI 9 tizimi ham ko‘pchilikda katta taassurot qoldirdi.

Eslatib o‘tamiz, shu kunlarda Xiaomi o‘z flagmanlarida ham, oddiy smartfonlarida ham MIUI 9'ni yuklab olish imkonini yaratmoqda.

Shuningdek, MIUI 9 kompaniyaning ayrim, avvalroq taqdim qilingan gadjetlari uchun so‘nggi yirik operatsion yangilanish bo‘ladi va ularning tizimi bundan keyin dasturiy jihatdan qo‘llab-quvvatlanmaydi. Bu to‘g‘rida har yili o‘tkaziladigan MIUI anjumani doirasida 20 oktyabrda rasman ma’lum qilindi.

MIUI rasmiy forumida MIUI 9'ni yuklab olish mumkin bo‘lgan smartfon modellari ro‘yxati e’lon qilingan.

"MIUI tizimi samarali ishlashi uchun, biz uzoq muhokamalardan so‘ng, smartfonlarning ishlab chiqarilgan vaqtini, platforma salohiyatini va foydalanuvchilarning miqdorini hisobga olib, 6 model uchun operatsion yangilanishlarni bundan keyin to‘xtatib qo‘yishga qaror qildik", — deydi MIUI dasturchilari guruhi vakili.

Shunday qilib, Xiaomi Mi 2/2S, Mi Note, Mi 4i, Redmi Note 4G, Redmi 2 hamda Redmi 2 Prime uchun innovatsion MIUI 9 so‘nggi dasturiy yangilanish bo‘ladi. Shu bilan birga, ular uchun MIUI'ning beta-talqini ham to‘xtatiladi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!