Xiaomi'ning barchada bo‘lishi zarur innovatsion gadjeti

Xiaomi'ning barchada bo‘lishi zarur innovatsion gadjeti

Modomiki jahonni elektron qurilmalarsiz tasavvur qila olmas ekanmiz, ularning faoliyati uchun zarur elektr quvvatiga ehtiyoj oshib boraveradi. Shahar va qishloq hududlarida istiqomat qilayotgan odamlar smartfon, planshet, kompyuter va boshqa gadjetlardan birdek foydalanishmoqda. Bugungi smartfonlar faol foydalanganda o‘z quvvatlarini 3 dan 5 soatgacha bo‘lgan vaqt ichida sarflab bo‘lishadi. Devayslardagi funksiyalar soni ortgani sayin mobil akkumulyatorlardan ko‘proq foydalanmyapmiz. Demakki, quvvat bizning eng katta ehtiyojimizga aylanmoqda.

Xiaomi bir muddat avval ZMI brendi ostida bozorga chiqargan elektron mahsulotlar bugun Xitoyda ommalashib ulgurdi. Ular orasida ko‘tarib yursa bo‘ladigan akkumulyator ham bor. Mazkur Power Bank har jihatdan ilg‘or va o‘ziga xos.

Xiaomi ZMI 10 Apple, Xiaomi, Samsung va boshqa o‘nlab boshqa ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini tezkor quvvatlaydi. Ko‘chma akkumulyatorda ishlab chiqaruvchi tezkor quvvatlashning ommabop standartlari tatbiq qilingan.

Xiaomi QB820 akkumulyatorining elektr toki sig‘imi 20 000 mA soat. Unda 2 ta Quick Charge 3.0 texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydigan USB-A portlari, 1 ta xuddi shunday quvvatlash funksiyasiga hamda 45 Vt.gacha USB Power Delivery texnologiyasi joriy qilingan USB Type-C porti mavjud. Ya’ni, oxirgi texnologiya orqali bu Power Bank qurilmasi MacBook 12, MacBook Pro (2016 va 2017), Mi Notebook va USB-C porti mavjud yuzlab boshqa gadjetlarni quvvat bilan ta’minlaydi.

ZMI 10 portativ akkumulyatorining korpusi dag‘al dizayndagi alyuminiydan tayyorlangan.

Xiaomi ZMI 10 (QB820) bugun har bir kishida bo‘lishi kerak bo‘lgan qurilma. Aytish mumkinki bu shunchaki poverbank emas, balki mobil akkumulyatorlar sanoatida texnologik yangilikdir. Uni yurtimiz bozorlaridan 50 AQSh dollaridan boshlab xarid qilish mumkin.

Shuningdek, brendning 10 ming mA soat tok sig‘imiga ega boshqa ko‘chma akkumulyatorlari hozirda 150 ming so‘mdan boshlab sotilmoqda.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!