Xiaomi'ning eng arzon smartfoni 1 oyda million dona sotildi

Xiaomi'ning eng arzon smartfoni 1 oyda million dona sotildi

Bir necha kun avval Xiaomi kompaniyasining vitse-prezidenti Manu Kumar Djeyn (Manu Kumar Jain) o‘zining Twitter akkauntida kompaniyaning eng arzon modeli bo‘lgan Xiaomi Redmi 5A brendning eng ommabop va xaridorgir smartfoni bo‘lib turganini ma’lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya bir oyning ichida Redmi 5A modelidan million dona sotishga muvaffaq bo‘lgan.

Ayniqsa, Redmi 5A Osiyoning aholisining daromadi past mamlakatlarida yaxshi sotilmoqda. Smartfonning xalqaro bozordagi narxi $94 dollar.

5 dyuymli Xiaomi Redmi 5A apparat ta’minoti uchun taniqli va ishonchdan o‘tgan 4 yadroli, chastota tezligi 1,4 GGs bo‘lgan Snapdragon 425 tanlangan. Hamyonbop model bo‘lgani bois, Xiaomi Redmi 5A HD displey, 2 Gb operativ va 16 Gb doimiy xotira bilan ta’minlangan. microSD yordamida xotirani 128 Gb.gacha kengaytirish mumkin.

Xiaomi Redmi 5A kamerafon emas va unga 13 megapikselli bosh hamda 5 megapikselli old kamera tanlangan. Bu borada uning imkoniyatlari boshlang‘ich darajada.

2 ta SIM-kartali Smartfon kuch-quvvati uchun tok sig‘imi 3000 mA soat bo‘lgan akkumulyator mas’ul bo‘lgan.

O‘lchamlari: 139 x 70 x8.5 mm., vazni -- 137 gramm.

Shu bilan birga, smartfonning yap-yangi Android Nougat'ning o‘zlashtirilgan MIUI 9 operatsion tizimida ishlashi undagi eng katta yangiliklardan biridir.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!