Xiaomi’ning eng yaxshi an’analari Mi 7’da ham davom etadi

  •   DiMaX
  •  1911
  •  08.01.2018 18:28

Xiaomi’ning eng yaxshi an’analari Mi 7’da ham davom etadi

O‘tgan yili jahonning yetakchi smartfonsozlari beshtaligiga kirib olgan Xiaomi 2018 yilda ham o‘z an’analariga sodiq qoladi. Ya’ni, u o‘z mahsulotlarida innovatsiyalarga va sifatga asosiy e’tiborni qaratish bilan birga, hamyonbop narxlari bilan ham o‘z mijozlarini xursand qilishda davom etadi. Zero, aynan mana shunday yondashuv «xitoycha Apple»ning jahon bo‘ylab jadal sur’atlarda ommalashib borishining asosiy omillaridan biridir.

O‘QING: Cmartfon taqdim etishda Xiaomi chempion! 13 model va narxlar bilan tanishing!

Kompaniyaning bosh direktori Ley Szyun kuni kecha Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi o‘z shaxsiy kanali orqali Xiaomi’ning 2018 yilgi strategiyasi haqida qisqacha bayonot bergan. Uning so‘zlariga ko‘ra, nafaqat ilg‘or apparat ta’minoti, balki hamyonbop narxi bilan ham dunyoni lol qoldiruvchi navbatdagi qurilma Xiaomi Mi 7 bo‘ladi.

«Ishlab chiqariladigan mahsulotning innovatsion texnologiyalarni o‘zlashtirganligi hamda yuqori sifatga egaligi Xiaomi faoliyatida hal etuvchi omillar hisoblanadi, – degan top-menedjer. – Yangi yilda biz o‘zimiz belgilab olgan yo‘limizdan og‘ishmasdan, mijozlarimizga faqat eng yaxshi mahsulotlarni taklif qilishda davom etamiz».

O‘QING: Xiaomi smartfonlari bunchalik ommabopligining 5 sababi

Xabarlarga ko‘ra, Xiaomi Mi 7 ikki xil – «standart» hamda «plyus»  talqinlarida ishlab chiqariladi. Ular o‘zaro displeyining o‘lchami bilan farqlanadi, balki apparat ta’minotida ham o‘zgachaliklar bo‘lar. Har ikkala model ham ilg‘or Snapdragon 845 protsessori bazasida ishlaydi. Yuksak samaradorlikni ta’minlashda Adreno’ning ilg‘or grafik soprotsessori hamda 6 GB hajmli tezkor xotiraning ham roli katta.

GizChina nashrining xabar berishicha, bazaviy Xiaomi Mi 7 diagonali 6 dyuymlik ekranga ega, Mi 7 Plus displeyining diagonali esa undan 0,4 dyuymga katta bo‘ladi. Har ikkala modelning korpusi shisha va metalldan ishlanishi aytilayotir. Shuningdek, Xiaomi mahsulotlari orasida ilk bor mazkur ikki modelda simsiz quvvatlash texnologiyasi tatbiq etiladi.

Xiaomi Mi 7  hamda Mi 7 Plus flagmanlarining taqdimot vaqti hamda narxi hozircha aniq emas, bu borada turli taxminlar bor, xolos. Kompaniyaning avvalgi smartfonlari esa savdoda mavjud.

O‘QING: Xiaomi smartfonlarini AliExpress orqali «Malika»dagidan arzonroqqa oling!